Bobosurxok togʻlari
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bobosurxok togʻlari — Hisor togʻ tizmasining janubi-gʻarbiy tarmoqlaridan biri. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tuman i xududida. Eng baland joyi — 1790 m, oʻrtacha balandligi 1500- 1600 m. Shim.sharqdan jan.gʻarbga 9- 10 km ga choʻzilgan. Mezokaynozoy yotqiziklari (ohaktosh, qumtosh, gipsli gil, mergel, konglomeratlar va boshqalar) bilan qoplangan. Janubiy yon bagʻri nisbatan tik. Karst shakllari (chuqurlar, gʻorlar) rivojlangan. Iqlimi quruq va issiq, tekisliklardan kam farq kidali. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 300- 400 mm. Togʻ yon bagʻirlarida buloqlar mavjud. Efemer va efemeroid oʻsimliklar oʻsadi. Shim.sharqiy qismlarida 1500 m dan balandrokda archazorlar bor. Yaylov sifatida foydalaniladi. Antropogen taʼsir eroziyaning kuchayishiga, yaylovlarda oʻtning siyraklashishi va oʻrmon maydonlarining qisqarishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |