Karst

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karst, karst hodisasi (Dinara togʻliginij shim.-gʻarbiy chekkasidagi Karst platosi nomidan) — togʻ jinslari (ohaktosh, dolomit, boʻr, gips, tuz)ning suvda erishi natijasida sodir boʻladigan hodisa. K. hosil qiluvchi togʻ jinslari yer sharida 51 mln. km2 ga yaqin maydonni egallaydi. K.ning rivojlanishi uchun suv harorati yuqori bulishi shart. K. yer yuzidan chuqurlashgan sari kamayib boradi. K.lar ochiq va yopiq turlarga bulinadi. Karstlanuvchi togʻ jinslari yer ustida yotsa, K.ning karr, voronka, quduq, gʻorlar kabi shakllari o ch i q (yalangʻoch) K. deyiladi. Bunday K.lar Oʻrta dengiz atrofi mamlakatlarida, Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoning baʼzi joylarida bor. Karstlanuvchi togʻ jinslarining usti kum, gid va b. jinslar bilan qoplangan boʻlsa, yo p i q K. deyiladi. K. Gʻarbiy Yevropa, Amerika, Avstraliyada, Krim yarim orolda, Kavkazda, Sharqiy Yevropa tekisligining kupgina qismida, Sibir va Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. K. tarkalgan joylarda yer usti suvlari juda kam. Yogʻinlarning hammasi K.ga yoki togʻ jinslaridagi yoriqlarga singib ketadi. Karstlanuvchi togʻ jinslariga singigan suv vodiylarda yer yuziga buloq shaklida chiqadi. Bunday buloklar Oʻzbekiston xududida (Nurota, Tomdi, Zarafshon, Chatqol, Turkiston togʻlari etaklarida) keng tarqalgan boʻlib, aholini suv bilan taʼminlashda ahamiyatli. K. tarqalgan joylarda gidrotexnik inshoot, koʻp qavatli imorat, temir yoʻl qurish noqulay. Gidrotexnik inshoot (Norak, Chorvoq va b. GES) lar, binolar, yullar qurishdan oldin K. hodisasi sinchiklab oʻrganiladi. K. turli qazilma boyliklarni qazib olishda ham ancha qiyinchiliklar (shaxtalar qazishda togʻ jinslari mustahkamligini boʻshashtiradi, shaxtalarni suv bosib ketadi) tugʻdiradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil