BIZGʻALDOQ (Tetrax tetrax) — turnasimonlarturkumituvaloqlaroilasiga mansub qush. Ogʻirligi 1 kg gacha, kattaligi tovukdek keladi. Yevropa, Osiyo va Shim. Afrika dashtlarida, baʼzan qumli choʻllarida yashaydi, uyasini ham shu yerlarga quradi. Qishlash uchun kuzda Oʻrta Osiyodan issiq mamlakatlarga uchib ketadi. Qishi uncha sovuq boʻlmaydigan jan. oʻlkalarda yashaydi. B. koʻpincha 3 — 5, baʼzan 7 — 8 va, hatto, 11 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumini urgʻochisi bosadi, erkagi esa joʻjalari uchirma boʻlguncha ularni boqishda qatnashadi. Bahor, kuz va qishda oʻtlar, yezda esa hasharotlar bilan oziklanadi. Goʻshti juda mazali. Soni kamayib ketganligidan B.ni ovlash taqiqlangan. Bir qancha mamlakatlarning Kizil kitobiga kiritilgan.