Billie Eilish
| Billie Eilish | |
|---|---|
|
Eilish 2025-yilda | |
| Tavalludi |
Billie Eilish Pirate Baird O'Connell 2001-yil 18-dekabr Los Angeles, California, AQSh |
| Fuqaroligi | AQSh |
| Kasbi | qoʻshiqchi-qoʻshiqlar muallifi |
| Faoliyat yillari | 2015–hozir |
| Otasi | Patrick O'Connell[1][2] |
| Onasi | Maggie Baird |
| Qarindoshlari |
|
|
Musiqiy faoliyati | |
| Janrlar | |
| Cholgʻular |
|
| Leybllar |
|
| Veb-sayti | billieeilish.com |
Billie Eilish Pirate Baird O'Connell (talaffuzi: Billi Aylish Payret Berd O’Konnell; 2001-yil 18-dekabrda tug‘ilgan) — amerikalik qo‘shiqchi va qo‘shiqlar muallifi. O‘zining noyob musiqiy uslubi va ta’sirchan vokali bilan tanilgan Eilish 2020-yillar pop-madaniyatining yetakchi shaxslaridan biri hisoblanadi. U birinchi marta keng jamoatchilik e’tiborini 2015-yilda SoundCloudda taqdim etilgan, birinchi singli ― „Ocean Eyes“ bilan qozondi; ushbu qo‘shiqni uning akasi Finneas O'Connell yozgan va prodyuserlik qilgan. 2017-yilda Eilish Don't Smile at Me nomli oʻzining ilk mini-albomini taqdim etdi; toʻplam AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi bir qancha mamlakatlarda tijoriy muvaffaqiyatga erishdi.
Eilishning ilk studiyaviy albomi ― When We All Fall Asleep, Where Do We Go? (2019) Billboard 200 va UK Albums Chartda birinchi o‘rinni egallab, o‘sha yilning eng ko‘p sotilgan albomlaridan biri bo‘ldi. Albom tarkibiga kiruvchi „Bad Guy“ singli sabab, Billie XXI asrda tug‘ilgan san’atkorlar ichida birinchi boʻlib Billboard Hot 100 chartida yetakchilik qildi va Amerika Yozuv Sanoati Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan olmos sertifikatiga sazovor bo‘ldi. Keyingi yili u James Bond franshizasi filmi hisoblanadigan No Time to Die uchun maxsus ishlangan „No Time to Die“ qo‘shig‘ini ijro etdi; ushbu qo‘shiq UK Singles Chartida birinchi o‘rinni egalladi va 2022-yilda „Film uchun ishlangan eng yaxshi qoʻshiq“ nominatsiyasida Oscar mukofotini qo‘lga kiritdi.
Eilishning Happier Than Ever (2021) nomli ikkinchi studiyaviy albomi bir nechta mamlakatlardagi chartlarda birinchi o‘rinni egalladi. Albomning „My Future“, „Therefore I Am“, „Happier Than Ever“ va „Your Power“ singllarining har biri AQSh va Buyuk Britaniya chartlarida kuchli o‘ntalikka kirdi. U Barbie (2023) filmi uchun „What Was I Made For?“ qo‘shig‘ini yozib, ijro etdi; trek unga ikkinchi Oscar mukofotini keltirdi. Uchinchi albom ― Hit Me Hard and Soft (2024) e’tiroflarga sazovor bo‘ldi va AQSh chartlarida yuqori beshlikni egallagan „Lunch“ va „Birds of a Feather“ singllarini taqdim etidi; shu jumladan, „Birds of a Feather“ uning Billboard Global 200 da charttopperga aylangan birinchi qo‘shig‘i bo‘ldi.
Uning yutuqlari roʻyxatiga ikkita Oscar mukofoti, to‘qqizta Grammy Awards mukofoti, to‘qqizta American Music Awards mukofoti, yigirmata Guinness World Records mukofoti, sakkizta MTV Video Music Awards mukofoti, to‘rtta Brit Awards mukofoti va ikkita Golden Globe mukofoti mavjud. U Grammy tarixida barcha to‘rtta asosiy nominatsiyalar — „Yil yozuvi“, „Yil albomi“, „Yil qo‘shig‘i“ va „Eng yaxshi yangi san’atkor“larni bir marotabadan qoʻlga kiritgan ikkinchi va yagona ayol sanʼatkor bo‘ldi, shuningdek, „Yil albomi“ va „Yil yozuvi“ning eng yosh g‘olibi hisoblanadi. Eilish XXI asrda tug‘ilib, ham Grammy, ham Oscar mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi shaxs va Oscar mukofotini ikki marta yutgan eng yosh sanʼatkor sifatida tarixga kirdi[3]. U 2019-yilda Time jurnali tomonidan e’lon qilingan birinchi Time 100 Next, 2021-yilda esa Time 100 ro‘yxatiga kiritilgan[4]. RIAA va Billboard ma’lumotlariga ko‘ra, Eilish raqamli singllar bo‘yicha 26-o‘rinni egallagan[5] va 2010-yillarning eng muvaffaqiyatli san’atkorlaridan biri sifatida tan olingan[6]. 2022-yil dekabr oyida BBC tomonidan e’lon qilingan 100 Women ro‘yxatidan ham joy olgan[7]. Eilish siyosiy faollik bilan shug‘ullanadi, asosan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ogohlikni oshirish, ayollarning reproduktiv huquqlari va gender tengligi masalalariga e’tibor qaratadi.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- When We All Fall Asleep, Where Do We Go? (2019)
- Happier Than Ever (2021)[8]
- Hit Me Hard and Soft (2024)
Turnelar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ Knolle, Sharon (March 27, 2022). „Billie Eilish Becomes First Oscar Winner Born in 21st Century With 'No Time to Die'“. TheWrap. March 11, 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 28, 2023.
- ↑ Bloom, Madison „Billie Eilish, Lil Nas X, Bad Bunny Make 2021 Time 100 List“. Pitchfork (2021-yil 15-sentyabr). 2021-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Recording Industry Association of America Gold & Platinum“. Recording Industry Association of America. 2016-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyun.
- ↑ „Billboard's Top Artists of the 2010s“. Billboard. October 31, 2019. May 11, 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 11, 2021.
- ↑ „BBC 100 Women 2022: Who is on the list this year?“. BBC News. 2023-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
- ↑ Aswad, Jem „Billie Eilish to Drop New Album, 'Happier Than Ever,' on July 30“. Variety (27-aprel 2021-yil). Qaraldi: 27-aprel 2021-yil.
- ↑ Reed, Ryan „Billie Eilish Plots North American Tour“. Rolling Stone (23-iyul 2018-yil). 25-oktyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-oktyabr 2018-yil.
- ↑ Moore, Robby „Billie Eilish Reveals North American Tour Dates for 'When We All Fall Asleep World Tour'“. Daily Ovation (4-fevral 2019-yil). 9-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-fevral 2019-yil.
- ↑ Rowley, Glenn (14-may 2020-yil). „Billie Eilish Postpones Remaining World Tour Dates Due to Pandemic“. Billboard. 15-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-may 2020-yil.
{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () - ↑ „Billie Eilish Announces 2022 Happier Than Ever, The World Tour Dates“ (en-US). www.yahoo.com. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 18-dekabrda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- Amerikalik ayol qoʻshiqchilar
- Amerikalik ayol modellar
- Yashayotgan insonlar
- MTV Europe Music Award sovrindorlari
- Grammy mukofoti sovrindorlari
- Brit mukofoti sovrindorlari
- Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar
- Amerikalik bola qoʻshiqchilar
- Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar
- Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha musiqachilar