Carly Rae Jepsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Carly Rae Jepsen

Jepsen 2019-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 21-noyabr 1985-yil (1985-11-21) (38 yosh)
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
Kasbi
Leybl
  • MapleMusic
  • 604
  • School Boy
  • Interscope
Janr
Faoliyat yillari 2007 – hozirgacha
Veb-sayt carlyraemusic.com

Carly Rae Jepsen (talaffuzi: Karli Rey Jepsen; 21-noyabr 1985-yilda tugʻilgan)[1][2] kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir. Britaniya Kolumbiyasining Mission shahrida tugʻilib oʻsgan Jepsen maktabda oʻqigan chogʻlarida turli maktab teatr sahnalarida rol ijro etdi. Maktabni tugatgach, Britaniya Kolumbiyasining Victoria shahridagi Kanada sahna sanʼat kollejiga kirdi. Oʻqishni tamomlaganidan soʻng, Vancouver shahriga koʻchib oʻtdi va 2007-yilda Canadian Idol shousida qatnashib, uchinchi oʻrinni oldi. 2008-yilda Jepsen ilk studiyaviy albomi — Tug of Warni ommaga havola etdi.

Jepsen 2012-yilda „Call Me Maybe“[3] ashulasini chiqarib, bu unga shuhrat keltirdi. Ashula yilning eng koʻp sotilgan singli boʻldi va 18 ta mamlakat musiqiy chartlarida choʻqqiga erishdi.[4] Natijada, u School Boy Records va Interscope Records studiyalari bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi. Jepsenning ikkinchi studiyaviy albomi boʻlmish Kiss shu yilning oxirlarida chiqarildi. Tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozongan bu albom AQSh va Kanada chartlarida yuqori oʻntalikka kirdi. 2014-yilda Jepsen Broadway teatrida sahnalashtirilgan Cinderella myuziklida titular qahramonni jonlantirdi. Keyingi yili uchinchi studiyaviy albomi — Emotionni chiqardi. Tijorat jihatdan, ushbu albom Kissga qaraganda kamroq daromad keltirgan boʻlsa-da, albomning yetakchi singli boʻlmish „I Really Like You“ muvaffaqiyat qozonib, musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilandi. 2016-yilda Jepsen Grease: Live teleserialida suratga tushdi hamda Ballerina animatsion filmida Odette personajiga ovoz berdi. Uning toʻrtinchi studiyaviy albomi — Dedicated 2019-yilning 17-mayida chiqarilib, omma va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. Bir yil oʻtib, Jepsen navbatdagi albomi Dedicated Side Bni ommaga taqdim etdi.

Jepsen koʻplab yutuqlarga, jumladan uch marta Juno Awards, bir marta Billboard Music Award va bir marta Allan Slaight Awardga sazovor boʻlgan, shuningdek, Grammy Awards, MTV Video Music Awards, Polaris Music Prize va People's Choice Awardsga nozmod boʻlgan.[5][6] 2015-yil mayiga koʻra, Jepsen umumjahon boʻylab 25 milliondan oshiq audioyozuvini sotgan.[7][8]

Jepsen Justin Bieberning Believe turnesi davomida (2012)

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tug of War (2008)
  • Kiss (2012)
  • Emotion (2015)
  • Dedicated (2019)
  • Dedicated Side B (2020)

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Televideniye[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar
2007 Canadian Idol Oʻzi/qatnashchi mavsum 5; 3-oʻrinni olgan
2012 90210 Oʻzi mavsum 5: „Til Death Do Us Part“
2013 Shake It Up Oʻzi mavsum 3, qism 10: „My Fair Librarian It Up“
2015 Saturday Night Live Oʻzi/mehmon mavsum 40, qism 17
2015 Castle Oʻzi mavsum 7, qism 22: „Dead from New York“
2015 Comedy Bang! Bang! Oʻzi mavsum 4, qism 24: „Carly Rae Jepsen Wears a Chunky Necklace and Black Ankle Boots“
2016 Grease: Live Frenchy Maxsus ishlangan

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar
2013 Lennon or McCartney Oʻzi Qisqa hajmli film; intervyu klip
2016 Ballerina[9] Odette Ovoz bergan

Teatr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil(lar) Sahna koʻrinishi Rol Joylashuv Turkum
2014 Rodgers + Hammersteinʼs Cinderella Ella The Broadway Theatre Broadway

Turnelari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • The Summer Kiss Tour (2013)
  • Gimmie Love Tour (2015-2016)
  • The Dedicated Tour (2019-2020)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Carly Rae Jepsen Biography“. Biography.com. 20-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2015-11-20 sanasida arxivlangan)
  2. Monger, James Christopher „Carly Rae Jepsen Biography“. AllMusic. Qaraldi: 30-sentyabr 2015-yil.
  3. Call me maybe by Carly Rae Jepsen (inglizcha), 2021-08-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-08-13
  4. „IFPI Digital Music Report 2013“. IFPI.org. 27-sentyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-avgust 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2013-09-27 sanasida arxivlangan)
  5. „Carly Rae Jepsen Named Billboard's 'Rising Star' of 2012“ (25-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2013-yil.
  6. „2013 Allan Slaight Award Recipient Carly Rae Jepsen“. canadaswalkoffame.com. 30-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2013-yil. (Wayback Machine saytida 2013-12-30 sanasida arxivlangan)
  7. „MTVA EMA Carly Rae Jepsen“. MTV. 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2017-07-29 sanasida arxivlangan)
  8. „Carly Rae Jepsen's career start was 'a beautiful fire'“. utv.ie. 8-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentyabr 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2015-06-08 sanasida arxivlangan)
  9. „Carly Rae Jepsen as Odette - 'Leap!': Meet the Voices Behind Each Animated Character“ (en). The Hollywood Reporter (25-avgust 2017-yil). Qaraldi: 23-sentyabr 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]