Olivia Rodrigo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olivia Rodrigo

Rodrigo 2021-yil iyulda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Olivia Isabel Rodrigo
20-fevral 2003-yil (2003-02-20) (21 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
Leybl
Janr
Faoliyat yillari 2015 – hozirgacha
Veb-sayt oliviarodrigo.com
Imzosi

Olivia Isabel Rodrigo (talaffuzi: Oliviya Izabel Rodrigo; 20-fevral 2003-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir. U Disney mahsuloti boʻlgan teledasturlar — Bizaardvark va High School Musical: The Musical: The Seriesdagi roli ortidan shuhrat qozondi. Geffen va Interscope Records studiyalari bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, Rodrigo 2021-yili ilk singli boʻlmish „Drivers License“ni ommaga taqdim etdi. Ashula yilning eng koʻp sotilgan qoʻshiqlaridan biri boʻldi. Keyinchalik, „Deja Vu“ va „Good 4 U“ ashulalarini chiqardi.

Rodrigoning ilk studiyaviy albomi Sour (2021) boʻlib, bu albom xalqaro miqyosda chartlarda choʻqqiga erishdi hamda tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. U yetti nominatsiyada, jumladan „Eng yaxshi yangi artist“, „Yil albomi“ hamda „Yil yozuvi“ va „Yil qoʻshigʻi“ („Drivers License“ uchun) nominatsiyalarida Grammyni oldi. Rodrigoni 2021-yilda Time jurnali „Yil qiziqchisi“, 2022-yilda esa Billboard „Yil ayoli“, deb atadi hamda buning ortidan u bunday eʼtirofga sohib boʻlgan ilk osiyolik-amerikalik sanʼatkorga aylandi.

Dastlabki hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olivia Isabel Rodrigo 20-fevral 2003-yilda Kaliforniya shtatining Murrieta shahridagi Rancho Springs tibbiyot markazida dunyoga kelgan.[3][4][5] Bolaligi Temecula shahrida oʻtgan.[6] Rodrigo ikkimillatli boʻlib, otasi filippinlik-amerikalik, onasi esa olmon va irland ajdodlarga mansubdir.[7][8][9] Otasi terapevt, onasi esa maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.[7] Rodrigoning taʼkidlashicha, uning ota tarafdan katta bobosi oʻsmir paytida Filippindan AQShga koʻchib oʻtgan va uning oilasi haligacha filippin urf-odatlariga amal qilishadi.[10] Rodrigo vokal boʻyicha saboqlarda bogʻchada olishni boshlagan va keyinroq pianino chalishni oʻrgangan.[11] U olti yoshida aktyorlik va kuylash boʻyicha saboq olishni boshlab, Lisa J. Mails boshlangʻich maktabida va Dorothy McElhinney oʻrta maktabida oʻqigan chogʻlarida teatr sahnalarida rollar ijro etgan.[5][12] Rodrigo 12 yoshida gitara chalishni bilgan.[11] U ota-onasining sevimli alternativ rok musiqiy guruhlari boʻlmish No Doubt, Pearl Jam, the White Stripes va Green Daylarning ashulalarini tinglab ulgʻaygan. Rodrigoda country janridagi musiqalarni, ayniqsa amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swiftning qoʻshiqlarini tinglaganidan soʻng, qoʻshiqnavislikka qiziqish uygʻonadi.[13] U Bizaardvark teleserialidagi rolidan keyin Los Angeles shahriga koʻchib oʻtdi.[12]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar
2015 An American Girl: Grace Stirs Up Success Grace Thomas Direct-to-video janridagi film
2016-2019 Bizaardvark Paige Olvera Bosh rol
2017 New Girl Terrinea Qism: „Young Adult“
2019-present High School Musical: The Musical: The Series Nini Salazar-Roberts Bosh rol[15] (1-2-fasl)[16]
2021 Saturday Night Live Oʻzi Mehmon; qism: „Keegan-Michael Key/Olivia Rodrigo“
2022 Driving Home 2 U (A Sour Film) Oʻzi Hujjatli film

Turnelari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sour Tour (2022)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Disney+ Actress Olivia Rodrigo Signs to Geffen Records“. Music Connection. 16-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
  2. Andrew Unterberger (12–yanvar 2021–yil). „Olivia Rodrigo's 'Drivers License' Is on Its Way to Being the First Runaway Hit of 2021“. Billboard. 13–yanvar 2021–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13–yanvar 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. „Ranch Springs Medical Center“ (30-mart 2003-yil), s. 14. 15-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2021-yil.Andoza:Open access
  4. Rodrigo, Olivia [@Olivia_Rodrigo]. „I Am 17 Years Old Today But I Still Do Not Know The Different Styles Of Eggs, Only Scrambled“ (20-fevral 2020-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2021-yil.
  5. 5,0 5,1 „Olivia Rodrigo“. Geena Davis Institute on Gender in Media (24-oktabr 2018-yil). 16-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2021-yil.
  6. Unterberger, Andrew (13–may 2021–yil). „License to Thrive: Olivia Rodrigo Zooms Ahead After 2021's Biggest Breakout Hit“. Billboard. 18–may 2021–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9–avgust 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  7. 7,0 7,1 Snapes, Laura „Olivia Rodrigo: 'I'm a teenage girl. I feel heartbreak and longing really intensely'“ (inglizcha). The Guardian (7-may 2021-yil). 8-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2021-yil.
  8. „Olivia Rodrigo of Disney's Bizaardvark chats with about singing, acting, her Filipino family and skateboarding“. Center for Asian American Media. 19–yanvar 2018–yil. 9–yanvar 2021–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13–yanvar 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  9. Miguel Dumaual.. „This Filipina just debuted at No. 1 on Billboard's Hot 100 and Global 200 charts“. ABS-CBN News (20-yanvar 2021-yil). 29-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2021-yil. „Rodrigo identifies as part Filipina. She was born and raised in California to a Filipino father and a German-Irish mother.“.
  10. „Five cool facts about chart topper Olivia Rodrigo“. BBC (6-fevral 2021-yil). 20-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2021-yil.
  11. 11,0 11,1 Phares, Heather „Olivia Rodrigo | Biography & History“. AllMusic. 3-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2021-yil.
  12. 12,0 12,1 Rachel Kleine (28–dekabr 2015–yil). „Murrieta's Olivia Rodrigo: An American Girl Success Story“. IE Sports & News. 29–noyabr 2019–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17–noyabr 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () (Wayback Machine saytida 29-noyabr 2019-yil sanasida arxivlangan)
  13. Shafer, Ellise „From Disney to 'Drivers License': Inside Olivia Rodrigo's Musical Journey to Become the Voice of Her Generation“. Variety (11-avgust 2021-yil). 12-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.
  14. „Reviews and Tracks for Sour by Olivia Rodrigo“. Metacritic. 21-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2021-yil.
  15. Nick Romano. High School Musical series assembles a main cast ready to 'Bop to the Top'“. Entertainment Weekly (15-fevral 2019-yil). 16-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2019-yil.
  16. Paul, Larisha „Olivia Rodrigo Isn't Graduating From High School Musical Quite Yet“. Rolling Stone (8-mart 2022-yil). 9-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]