Selena Gomez
Selena Gomez | |
---|---|
![]() Gomez 2022-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tugʻilgan paytidagi ismi | Selena Marie Gomez |
Tavalludi |
22-iyul 1992-yil Grand Preriya, AQSh |
Fuqaroligi |
![]() |
Turmush oʻrtogʻi | Nat Wolff |
Guruh | Selena Gomez & the Scene |
Janr | Pop, dance, pop rock[1] elektropop,[2] dubstep[3] |
Amplua | Vokal, aktrisa, shoira, kiyimlar dizayneri |
Faoliyat yillari | 2002—hozirgacha |
Sayt | selenagomez.com |
Selena Marie Gomez (talaffuzi: Selena Mari Gomes; 22-iyul 1992-yilda tugʻilgan)[4] amerikalik aktrisa va qoʻshiqchidir. Gomezning debyut roli Barney & Friends serialidagi Gianna roli boʻldi (2002—2004). Bundan keyin Gomez Uddaburon bolalar 3-D: Oʻyin tugadi (2003) va Walker, Texas Ranger: Trial by Fire (2005) kabi filmlarda kameo rollarni ijro etdi. 2006-yilda Gomez Disney Channelning The Suite Life of Zack & Cody va Hannah Montana seriallarida mehmon yulduz sifatida qatnashdi. Gomez bundan keyin Disney Channelning Wizards of Waverly Place serialida suratga tushdi. Teleserial tanqidiy va tijoriy muvaffaqiyat boʻlib, Gomezga qator mukofot va nomzodliklarni keltirdi. Gomez keyin Jonas Brothers: Living the Dream (2008) va Disney Channel Games (2008) va boshqa qator Disneyning serial va filmlarida suratga tushdi. 2009-yilda Gomez Princess Protection Program va Wizards of Waverly Place: The Movie filmlarida rollar oʻynadi, Selena Gomez & the Scene guruhi tarkibida Kiss & Tell studiya albomini chiqardi. Albom tijoriy muvaffaqiyat boʻlib, Billboard oʻnligiga kirdi.
Bundan keyin Gomez birinchi marta Disneydan tashqari Ramona and Beezus filmida suratga tushdi. 2010-yili Selena Gomez & the Scene ikkinchi, A Year Without Rain albomini chiqardi. Albom Billboard beshligiga kirib, ichidagi ikkita singl Top 40 chartga chiqdi. 2011-yilda Gomez pop-musiqachi Justin Bieber bilan munosabatda ekanligi tasdiqlangach, yana omma eʼtiboriga tushdi. Juft media tomonidan „Jelena“ deb ataldi. Gomez oʻsha yili Monte Carlo (2011) va The Muppets (2011) filmlarida ijro etdi. 2011-yilda Selena Gomez & the Scene uchinchi, When the Sun Goes Down albomini chiqardi. Albomdagi „Love You Like a Love Song“ singli hit boʻlib, unga „Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi“ (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan 4× platina unvoni berildi. Shu albomdan keyin Gomez musiqa taʼtiliga chiqishini va aktrisalikka berilishini eʼlon qildi. Keyin u Hotel Transylvania (2012) va Spring Breakers (2013) filmlarida rol oʻynadi, oxirgi filmda Gomez nisbatan ulgʻaygan ayolni tasvirladi.
Gomez musiqa taʼtilini 2012-yil oxirida yakunlab, yangi, Stars Dance solo albomi ustida ish boshlaganini bildirdi. 2013-yil aprelida chiqqan „Come & Get It“ singli Billboard Hot 100 chartining tepa oʻnligiga koʻtarilgan birinchi Selena Gomez ashulasi boʻldi va „Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi“ tomonidan ikki karra platinaga baholandi. Albomning ikkinchi singli, „Slow Down“ 2013-yil iyunida chiqarildi. Butun albom iyulda chiqdi. Musiqa va kinodan tashqari, Gomez yana filantroplik bilan shugʻullanadi: u atrof-muhitni himoyalash xayriya tadbirlarida ishtirok etib turadi.[5]
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmlar | |||
---|---|---|---|
Yil | Film | Rol | Izoh |
2003 | Uddaburon bolalar 3-D: Oʻyin tugadi | Suv parkidagi qiz | Epizod |
2005 | Walker, Texas Ranger: Trial by Fire | Julie | Telefilm |
2006 | Brain Zapped | Emily Grace Garcia | Telefilm |
2008 | Another Cinderella Story | Mary Santiago | Bosh rol |
Horton Hears a Who! | Helga | (ovoz) | |
2009 | Princess Protection Program | Carter Mason | Bosh rol |
Wizards of Waverly Place: The Movie | Alex Russo | ||
Arthur and the Vengeance of Maltazard | Princess Selenia | (ovoz) (Madonna oʻrniga) | |
2010 | Ramona and Beezus[6] | Beatrice „Beezus“ Quimby | Bosh rol |
2011 | Monte Carlo[7] | Grace | |
Televideniye | |||
Yil | Nom | Rol | Izoh |
2002-03 | Barney & Friends | Gianna | Ikkilamchi rol |
2007- | Wizards of Waverly Place | Alex Russo | Bosh rol |
2006 | The Suite Life of Zack & Cody | Gwen | 2-fasl, 22-qism |
2007-08 | Hannah Montana | Mikayla | 2-fasl |
2009 | Sonny With a Chance | Selena Gomez | 1-fasl, 13-qism |
The Suite Life on Deck | Alex Russo | 1-fasl, 21-qism | |
Klip | |||
Yil | Nom | Artist | Izoh |
2008 | „Burninʼ Up“ | Jonas Brothers | Nick Jonas'ning sevgilisi |
Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Qoʻshiq | Chart oʻrni | Albom | |||
---|---|---|---|---|---|---|
AQSh | Kanada | |||||
2008 | „Tell Me Something I Donʼt Know“ | 58 | — | Hurry Up & Save Me | ||
2009 | „Magic“ | 61 | 86 | Wizards of Waverly Place | ||
taklif etilgan yulduz sifatida | ||||||
2009 | „Whoa Oh!“ | — | — | |||
„One and the Same“ | 82 | — | Disney Channel Playlist | |||
„Send It On“ (Demi Lovato, Jonas Brothers va Miley Cyrus bilan) | 20 | — |
Boshqa[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Qoʻshiq | Albom |
---|---|---|
2006 | „Brain Zapped“ | Brain Zapped |
2008 | „Cruella de Vil“ | Disneymania 6 |
„Tell Me Something I Donʼt Know“ | Another Cinderella Story | |
„New Classic“ (Drew Seeley bilan) | ||
„Bang a Drum“ | ||
„New Classic“ (jonli) (Drew Seeley bilan) | ||
„Fly to Your Heart“ | Tinker Bell | |
2009 | „One and the Same“ | Disney Channel Playlist |
„Everything Is Not What It Seems“ | Wizards of Waverly Place | |
„Disappear“ | ||
„Magical“ | ||
„Magic“ | ||
2010 | „Trust in Me“ | Disneymania 7 |
Kliplari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Nom |
---|---|
2008 | „Cruella de Vil“ |
„Tell Me Something I Donʼt Know“ | |
„Fly to Your Heart“ | |
2009 | „One and the Same“ |
„Magic“ | |
„Send It On“ |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ AllMusic“. Qaraldi: 6-aprel 2012-yil.
- ↑ Kratina, Al „Concert Review: Selena Gomez & the Scene, Bell Centre, October 30 | Montreal Gazette“. Blogs.montrealgazette.com. 21-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-aprel 2013-yil. Arxivlandi 2013-09-21 Wayback Machine saytida.
- ↑ „Selena Gomez Says Skrillex Inspired Her 'Baby Dubstep' Sound“. MTV.com (10-may 2013-yil). Qaraldi: 23-iyul 2013-yil.
- ↑ „Selena GomezBiography“. The Biography Channel. Qaraldi: 12-aprel 2013-yil.
- ↑ „Selena Gomez's Charity Work, Events and Causes“. Look to the Stars: The World of Celebrity Giving. Qaraldi: 12-aprel 2013-yil.
- ↑ „Selena Gomez, Joey King Are Beezus and Ramona“. Artistdirect.com. Qaraldi: 6-avgust 2009-yil.
- ↑ http://www.imdb.com/title/tt1067774/
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Selena Gomez haqida turkum mavjud |
- Selena Gomez
- Selena Gomez Facebook sahifasi
- Selena Gomez Twitter sahifasi
- Selena Gomez kanali YouTubeda
- Selena Gomez IMDbda
|
- 22-iyulda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- Musiqachilar
- Selena Gomez
- Amerikalik aktrisalar
- Amerikalik ayol qoʻshiqchilar
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik televideniye aktrisalari
- Amerikalik ovoz aktrisalari
- Amerikalik ayol modellar
- Amerikalik ayol filantroplar
- LGBT huquqlari faollari
- Amerikalik bola aktrisalar
- Amerikalik bola qoʻshiqchilar
- Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar