Bilga xoqon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bilga xoqon (qagʻan) (asl ismi Moʻgʻilon) (684734) — Turk xoqonligi xoqoni (716 — 734).

Ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarish (asl ismi Qutlugʻ, Xitoy obidalarida Gudulu) xoqonning ugli, Kulteginnmng akasi. 693 yil Eltarish xoqon vafot etgach, turkiy xalqlarning udumiga koʻra taxtga ukasi Moʻchur, yaʼni Qapagʻan xoqon oʻtiradi. U jiyani Moʻgʻilonni xoqonlikning gʻarbiy hududlarida yashovchi tardushlar hukmdori — shadi etib tayinlaydi hamda uning zimmasiga muhim harbiy masalalarni hal etish vazifasini yuklaydi. 701 i. Moʻgʻilon 16 yoshli inisi Kultegin bilan birgalikda Chuy vodiysiga yurish qiladi va u yerdagi qabilalarni boʻysundiradi, Sharqiy Baykalortidagi bayirqu qabilasi isyoni bostiriladi (705 yil). Dono Toʻnyuquqning qiziga uylangan Moʻgʻilon 704 yil Gʻarbiy xoqonlik qoʻshinlari bilan Yenisey (Enasoy) daryosining yuqori oqimidagi chik hamda az qabilalarini magʻlub etadi. Maʼlum fursatdan soʻng u hozirgi Tuva yerlarini ham qoʻlga kiritadi. 716 i. Qapagʻan xoqon bayirqu qabilasi vakillari tomonidan oʻldirilgach, Moʻgʻilon ukasi Kulteginning saʼyharakatlari tufayli xoqonlik taxtiga oʻtiradi va Bilga xoqon laqabini oladi. Bilga xoqon Kulteginni bosh qoʻmondon, Toʻnyuquqni esa bosh maslahatchi etib tayinlaydi. Bilga xoqon Qapagʻan xoqon davrida maʼlum darajada yoʻqotilgan imkoniyatlarni qayta tiklashga, turkiy qabilalar oʻrtasidagi oʻzaro janjal va nizolarga chek qoʻyishga, ularni yagona davlat tevaragida birlashtirishga, tashqi hujumlarni daf etishga qodir harbiy kuchlarni, qisqa muddatga boʻlsada, barpo etishga erishadi. Bilga xoqon 734 yil zaharlab oʻldirilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Bernshtam A. N., Sotsialnoekonomicheskiy stroy orxonoyeniseyskix tyurok v VI VIII vv., L., 1946;
  • Bichurin N. Ya. (Iakinf), Sobraniye svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremena, t. 1 3, M.L., 1950 1953;
  • Malov S. Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M.—L., 1951;
  • Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M., 1967.
  • Hamidulla Dadaboyev.