Boyirqu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boyirqu — qad. turkiy qabila. Bargʻudjin (Barguzin) daryosi havzasi (chegarasi — shim. gʻarbda Baykal koʻli, gʻarbda Sayan togʻlari)da yashab, chorvachilik, ovchilik va temirchilik bilan shugʻullangan. 5-asrda Tedi (Tele) qabilalari birlashmasiga, keyinchalik turk va uygʻur xoqonliklari tarkibiga kirgan. 8-asr boshida Gʻarbiy Turk xoqonligining soʻnggi hukmdorlariga qarshi ketmaket yurishlar qilgan. 9— 10-asrlarda bir qismi Sharqiy Turkistonga kelib joylashib, u yerda yangi tashkil topgan uygʻur xonliklarining oʻzaro urushlarida ishtirok etgan. B. xususidagi soʻnggi maʼlumotlar 14-asrga doir yozma manbalarda uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil