Anadir
Jump to navigation
Jump to search
Anadir – Rossiya Federatsiyasining Magadan viloyati Chukotka muxtor okrugidagi daryo. Uz. 1150 km. Havzasining maydoni 191 ming km². Anadir yassi tog‘ligidan boshlanib, Bering dengizining Anadir qo‘ltig‘iga quyiladi. Bosh qismida tog‘lar orasidan, quyirokda tekislikdan oqadi. O‘rtacha suv sarfi 1680 m³/sek. Qor va yomg‘irdan suv oladi. Qishda muzlaydi. Eng katta irmoqlari: chapdan – Belaya, Tanyurer, o‘ngdan – Yablon, Yeropol, Mayn. A.da 570 km masofada kema qatnaydi. Quyi oqimida baliq ovlanadi. 1648 yilda sayyoh S. I. Dejnyov A.ning quyilish yerigacha yetib borgan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |