Slytherin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Slytherin-bg

Slizerin (ing. Slytherin) – Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4 ta fakultetlaridan (Slizerin, Griffindor, Hafflpuff, Reyvenklo) biri. Bu fakultet ayyorlik, sharafsevarlik, topqirlik va zukkolikni qadrlaydi. Kitobdan kelib chiqish mumkinki, Slizerin talabalariga hokimiyatga tashnalik xos. Bundan tashqari Salazar Slizerin talabalarni tozaqonlik boʻyicha qabul qilgan. Slizerin ramzi – Ilon, asosiy ranglari – yashil va kumushrang, Dekan – damlamashunoslik oʻqituvchisi, professor Severus Sneyp. Uning salafi va keyinchalik vorisi – Goratsiy Sliznort. Faskultet arvohi – qoʻrqinchli Qonli Baron. Slizeringa xos sehrlangan xona – Maxfiy Hujra. J. K. Roulingning soʻzlariga koʻra Slizerin suv unsuriga toʻgʻri keladi[1]. Slizerinning Mehmonxonasi va yotoqxonalari yer ostida, tosh devori ortida joylashgan. Mehmonxona Hogwarts koʻli ostida joylashgan va yashil chiroqlar bilan yoritilgan.

Slizerin ranglari
Slizerin ramzi

Baron va Helena tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ohirgi kitobda Qonli Baron hayoti davomida Rovena Reyvenkloning qizi – Helena(Reyvenklo fakultetining arvohi)ni sevgani haqida aytib oʻtilgan. Lekin bir kuni Helena onasining diademasini (ayollar bosh taqinchogʻi) olib qochib ketadi. Baron esa Rovena Reyvenkloning iltimosi bilan uning ortidan yoʻlga tushadi va yetib olishga muvaffaq boʻladi, lekin gaplashib olishning iloji boʻlmaydi. Jaxli chiqqan Baron sevgilisini oʻldiradi, keyinroq esa qilib qoʻygan ishini tushunib yetib, oʻz joniga qasd qiladi[2].

Slizerin bitiruvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garri Potter Hogwartsga qabul qilingan vaqtida Slizerin daxshatli obroʻga ega edi(Taqsimlovchi shlyapadagi Garri Potterning yagona hayoli: „Faqat Slizerin emas!“). Rubeus Xagridning Garriga aytishicha, dunyoda hech bir yovuz afsungar yoʻqki, u Slizerinda oʻqimagan boʻlsa. Ammo bu Xagrid tomonidan boʻrttirib yuborilgan, chunki oʻsha vaqtlarda u qachonlardir Griffindor talabasi boʻlgan Sirius Blekni ham qotil va Ajalxoʻr deb hisoblar edi[2]. Shunga qaramay, haqiqatdan ham, koʻpchilik yovuz afsungarlar Slizerinda tahsil olishgan, istisno tariqasida [[Piter Pettigryu Griffindorda va professor Kvirrel Reyvenkloda tahsil olishgan. Hogwarts uchun kurashda hech bir Slizerin talabasi Voldemortga qarshi chiqishni istamaydi, lekin oldin Voldemortga xizmat qilib, keyinchalik Dambldorning tomoniga oʻtib ketgan Goratsiy Sliznort va Severus Sneyp, bundan tashqari oldin Ajalxoʻr boʻlgan Regulus Blek Slizerin talabasi boʻlishgan[2].

Maxfiy Hujra tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professor MakGonagallning aytishicha, Hogwarts 1000yillar ilgari hamma vaqtning

Maxfiy hujra eshigi

eng kuchli afsungalari: Godrik Griffindor, Helga Hufflepuff, Rovena Reyvenklo va Salazar Slizerin tomonidan tashkil qilingan. 3ta afsungar birga juda barkamol ishlashgan, yana biri esa ularning hech biri bilan kelisha olmas edi. Salazar Slizerin talabalarning maktabga qabulini yanada qattiqlashtirmoqchi boʻladi. Uning fikricha afsungarlik bilimlari faqatgina sehrgarlar oilasida, boshqacha aytganda, tozaqonlilar oilasida saqlanishi kerak edi. Boshqalarni bunga koʻndira olmay, u Hogwartsni tark etishga qaror qiladi. Afsonalarga koʻra Slizerin qasrda, Maxfiy Hujra nomini olgan, yashirin boshpana yaratadi. Va maktabni tark etishidan oldin u xonani afsun yordamida qulflab ketadi. Hujra faqatgina maktabda Slizeringa voris boʻlishga loyiq talaba paydo boʻlsagina ochiladi. Faqatgina vorislikka loyiq insongina Hujradagi muhrni yechib, undagi „Daxshat“ni ozod eta oladi. Va uning yordami bilan maktabni, undagi afsunlashni oʻrganishga „noloyiq“lardan tozalaydi. Hujrada, faqat Slizerin vorisigagina boʻysunuvchi mavjudot yashirilgan. Afsonalarga koʻra u yerda inson aqliga sigʻmas maxluq yashaydi[3].

Toza qonlik qoidasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taqsimlovchi shlyapaning aytishicha, Slizeringa qabul qilinishga sabab boʻluvchi omillardan biri – tozaqonlik, lekin bu 5-kitobgacha aytilmagan. Buning ustiga barcha Slizerin talabalari ham tozaqon emas (masalan Tom Reddl). Soʻngi kitobda ovchilar guruhi baʼzi tozaqon boʻlmaganlar ham Slizeringa qabul qilinishini aytishgan[4].

Voldemort Garri Potterni magʻlub etganiga ishonib Slizerindan tashqari, barcha fakultetlarni yoʻq qilmoqchi boʻladi. Lekin, Voldemort magʻlub boʻladi va oʻladi, shundan soʻng Slizerin toza qon fakulteti boʻlishdan toʻxtaydi. „Garri Potter va La`natlangan Bola“ kitobida yozilishicha, Garri Potterning oʻrtancha oʻgʻli, Albus Severus Potter, Slizeringa qabul qilinadi. Aynan shu yili, Albusdan tashqari, fakultetga Drakoning oʻgʻli – Skorpius Malfoy ham qabul qilinadi[5].

Fakultet xonalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slizerin fakultetining xonalari Hogwarts qasrining ostidagi koʻpchilik talabalar ohiri berk deb hisobalaydigan, yoʻlakning ohiridagi tosh devor ortida joylashgan. Lekin, bu devor surilib fakultet mehmonxonasiga eltuvchi sirli yoʻlakni ochishi uchun parolni aytish kifoya. Fakultet mehmonxonasi oʻzida baland boʻlmagan, toʻq yashil kreslolar va sovuq botqoq rangida nur taratuvchi lampalar bilan toʻldirilgan va Qora Ko’lning shundoqqina ostida joylashgan xonani aks ettiradi. Slizerin mehmonxonasi did bilan bezatilgan.

Oʻqishning ikkinchi yilida Garri Potter va Ron Uizli sehrli damlama orqali, Vinsent Krebb va Gregori Goyl koʻrinishida, Malfoydan Slizerinning vorisi haqida bilib olish maqsadida, fakultet mehmonxonasiga kirib olishadi. Parol „Toza Qon“ soʻzlari boʻlib chiqadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Leaky Cauldron and Mugglenet interview Joanne Kathleen Rowling: Part Three“. Accio Quote!. 2011-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 Rouling, Joan. Garri Potter va Ajal tuhfalari. 
  3. 3,0 3,1 Rouling, Joan. Garri Potter va Maxfiy Hujra. Rosmen. 
  4. Rouling, Joan. Garri Potter va Feniks jamiyati. Rosmen, 2003. 
  5. Rouling, Joan. Garri Potter va La`natlangan Bola. Rosmen.