Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fantastic Beasts:
The Secrets of Dumbledore
Fantastic Beasts- The Secrets of Dumbledore.png
Film posteri
Rejissor David Yates
Produser
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor James Newton Howard
Kinematografiya George Richmond
Muharrir Mark Day
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
Distributor Warner Bros. Pictures
Reliz sanasi
  • 29-mart, 2022-yil(2022-03-29)

(London)

  • 8-aprel, 2022-yil(2022-04-08)

(Birlashgan Qirollik)

  • 15-aprel, 2022-yil(2022-04-15)

(AQSh)

Davomiyligi 142 daqiqa[1]
Mamlakatlar
Til inglizcha
Budjet $200 million[2]
Daromad $405,2 million[3][4]


Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore (Fantastik Maxluqlar: Dumbledore sirlari) 2022-yilda ekranlarga chiqarilgan fentezi janridagi filmdir. Film rejissori — David Yates. Ssenariy mualliflari — J. K. Rowling va Steve Kloves. Film Fantastic Beasts and Where to Find Them (2016) va Fantastic Beasts: The Crimes of Grindelwald (2018) filmlarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Filmda bosh rollarni Eddie Redmayne, Jude Law, Ezra Miller, Dan Fogler, Alison Sudol, Callum Turner, Jessica Williams, Katherine Waterston va Mads Mikkelsen jonlantirgan.

Fantastik Maxluqlar: Dambldor sirlari premyerasi AQShda 2022-yil 15-aprelda boʻldi. Film umumjahon boʻylab $405 million jamgʻardi va 2022-yilning 8chi eng kassabop filmiga aylandi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1932-yili Xitoyning Guylin provinsiyasida Nyut Salamander insonlar qalbi va kelajakni koʻra bilish qobiliyatiga ega sehrli mavjudot — Qilin dunyoga kelishiga koʻmaklashadi. Kridens Barabon boshchiligidagi Gellert Grindelvaldning yordamchilari ularni topib, Qilinning onasini oʻldirishadi, oʻzini esa oʻgʻrilab ketishadi. Keyinchalik, Grindelvald Qilinnining kelajakni koʻra bilish qobiliyatidan foydalanish uchun uni oʻldiradi. Biroq, Nyut tomonidan hayoti saqlab qolingan Qilinning egizi ham bor boʻladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore (2022)“. Irish Film Classification Office. 23-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-mart 2022-yil.
  2. Rubin, Rebecca Fantastic Beasts 3 Ignites to Soft $58 Million at International Box Office Ahead of U.S. Debut“. Variety (10-aprel 2022-yil). 10-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-aprel 2022-yil.
  3. Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 1-iyun 2022-yil.
  4. Fantastic Beasts: The Secrets of Dumbledore (2022). Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 1-iyun 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]