Kontent qismiga oʻtish

Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida — UEFA 6-guruhi da Turkiya ayollar terma jamoasiga qarshi 2014-yil 17-sentyabrda oʻynagan.

Belarus ayollar futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Belarus Respublikasi sharafini himoya qildi. Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliaytini Belarusiya Futbol Federatsiyasi boshqaradi[1][2].

2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan soʻng Belarus Respublikasi Rossiya tarafida boʻlganligi uchun FIFA va UEFA kabi futbol boʻyicha Jahon va Yevropa boshqaruv organlari Belarus milliy terma jamoalari (erkakar va ayollar) va klub jamoalarini xalqaro musobaqalardan qatnashishini taqiqladi[3][4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta xalqaro turni sifatida 1997-yilgi UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichida paydo boʻlgan va oʻsha turnirda Chexiya, Polsha va Estoniya ayollar milliy terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan. Birinchi rasmiy oʻyinida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi 1995-yil 7-oktyabrda Chexiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻlishgan. 1996-yil may oyida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi ilk uchrashuvlarida oʻzlarini 2:0 hisobida magʻlub etgan Polsha ayollar milliy futbol terma jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etib, xalqaro maydondagi birinchi rasmiy gʻalabasini qoʻlga kiritdilar. 1999-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi B toifasiga kiritilgan, lekin Jahon chemionatiga chiqa olmagan[5][6].

2001-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida yana B toifasiga kiritilgan Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi Estoniya ayollar terma jamoasini 4:1 va 0:7, Isroil ayollar milliy terma jamoasini 0:5 va 1:0, Slovakiya ayollar terma jamoasini uy oʻyinida 1:0 hisobida magʻlub etdi. Shuningdek, Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi Ruminiya ayollar terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi, ammo javob oʻyinida ruminiyaliklar 0:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Saralashning soʻngi oʻyinida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi Slovakiya ayollar terma jamoasiga 6:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

2003-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida ham B toifasi qolgan Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash oʻyinlarida oʻz guruhida 3-oʻrinni egalladi.

2005-yilgi Yevropa chempionati saralash turnirida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi Estoniya terma jamoasini 5:0 va 1:3, Qozogʻiston ayollar milliy futbol terma jamoasini 0:2 va 8:1, Isroil ayollar milliy terma jamoasini esa 0:2 hisobida magʻlub etishdi. Isroil ayollar terma jamoasiga qarshi javob oʻyinida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi 1:1 hisobida durang oʻynagan holda ikki ochko qoʻlga kiritdi. Natijada Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta saralash oʻyinlari guruh bosqichida birinchi oʻrinni egalladi, ammo Yevropa chempinati saralash tizimi 2007-yil uchun birlashtirilganligi sababli Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi umum natijalar hisobiga pley-off bosqichiga oʻtkazilmadi.

2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi toifaga koʻtarildi, lekin 7 ochko bilan guruhda oxirgidan bittta oldingi oʻrinni egalladi. 2009-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlarida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi guruh bosqichida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2013-yilgi Yevropa chempionati saralashida esa Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi Finlandiya, Ukraina, Slovakiya va Estoniya ayollar milliy terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan edi.

Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 21-mart holatiga ko`ra
Ismi Lavozimi
Eduard Demenkovets Bosh murabbiy

Bosh murabbiylar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismi Murabbiylik davri Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gʻalaba koʻrsatkichi

%

Eduard Demenkovets Nomaʼlum 0 0 0 0 00,0 %

Oʻyinchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi futbolchilar 2021-yil 26-oktabr sanasidagi Niderlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan oʻkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[7]. Oʻtkzailgan oʻyinlar va gollar soni 2021-yil 20-iyun holatiga koʻra berilgan. 
0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Nataliya Voskobovich 25-oktyabr 1993-yil (1993-10-25) (30 yosh) 15 0  RUS Zvezda Perm
12 1DA Ekaterina Miklashevich 25-yanvar 1992-yil (1992-01-25) (32 yosh) 0 0  RUS Lokomotiv Moscow
2 2HM Hanna Krasikava 3-oktyabr 2002-yil (2002-10-03) (21 yosh) 0 0  BLR Minsk
8 2HM Viktoryia Kazakevich 12-may 1998-yil (1998-05-12) (26 yosh) 13 0  BLR Minsk
9 2HM Anna Kozyupa 7-mart 1995-yil (1995-03-07) (29 yosh) 21 1  CRO Split
16 2HM Anastasiya Novikava 10-dekabr 1998-yil (1998-12-10) (25 yosh) 8 0  BLR Minsk
20 2HM Kseniya Kubichnaya 6-mart 1999-yil (1999-03-06) (25 yosh) 10 0  BLR Minsk
3 3YH Anastasiya Linnik (captain) 11-iyul 1993-yil (1993-07-11) (31 yosh) 29 1  BLR Dinamo Minsk
5 3YH Anna Sas 6-oktyabr 2003-yil (2003-10-06) (20 yosh) 2 0  BLR Minsk
6 3YH Tatsiana Markusheuskaya 1-iyun 1994-yil (1994-06-01) (30 yosh) 11 0  BLR Dinamo Minsk
17 3YH Tatyana Krasnova 27-iyun 1995-yil (1995-06-27) (29 yosh) 6 0  RUS Ryazan-VDV
18 3YH Viktoryia Valiuk 30-iyun 2002-yil (2002-06-30) (22 yosh) 0 0  BLR Dinamo Minsk
21 3YH Valeryia Bohdan 12-iyun 2000-yil (2000-06-12) (24 yosh) 1 0  BLR Minsk
23 3YH Anna Pilipenko (C) 25-dekabr 1988-yil (1988-12-25) (35 yosh) 24 5  BLR Dinamo Minsk
4 4HJ Anastasiya Shlapakova 6-mart 2000-yil (2000-03-06) (24 yosh) 8 2  BLR Dinamo Minsk
14 4HJ Olkhovik, KarinaKarina Olkhovik 17-iyun 2000-yil (2000-06-17) (24 yosh) 26 9  ITA Sassuolo
15 4HJ Anastasiya Shuppo 15-noyabr 1997-yil (1997-11-15) (26 yosh) 13 2  BLR Dinamo Minsk

Manba: Natijalar va oʻyinlar — Soccerway.com sayti

Xalqaro musobaqalarda Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi
Xitoy 1991-yil Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi 1991-yilgi UEFA chempionati
Shvetsiya 1995-yil Kiritilmadi 1995-yilgi UEFA chempionati
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil Saralashdan oʻta olmadi 6 1 2 3 8 9 −1
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil 8 5 0 3 27 16 +11
Xitoy 2007-yil 8 2 1 5 6 23 −17
Germaniya 2011-yil 8 4 1 3 17 14 +3
Kanada 2015-yil 10 2 0 8 12 31 −19
Fransiya 2019 8 1 0 7 5 21 −16
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil Aniqlanishi uchun
Jami - - - - - - - - 48 15 4 29 75 114 −39

UEFA ayollar chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

UEFA ayollar chempionatida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
AngliyaItaliyaNorvegiyaShvetsiya1984-yildan

Daniya 1991-yil

Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi Belarus ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi
Italiya 1993-yil Kiritilmadi Kiritilmadi
AngliyaGermaniyaNorvegiyaShvetsiya1995-yil
NorvegiyaShvetsiya 1997-yil Saralashdan oʻta olmadi 6 3 0 3 12 9
Germaniya 2001-yil 8 5 1 2 20 9
Angliya 2005-yil 8 5 1 2 21 3
Finlandiya 2009-yil 8 1 1 6 10 27
Shvetsiya 2013-yil 8 4 1 3 10 17
Niderlandiya 2017-yil 8 3 0 5 10 20
Angliya 2022 7 2 0 5 11 15
Jami - - - - - - - 53 23 4 26 94 100

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Goldberg, Rob „UEFA Bars Belarus from Hosting International Games After Invasion of Ukraine“. Bleacher Report.
  2. [🖉[1] „Russia, Belarus Suspended From International Soccer, Hockey Over Ukraine Attacks“]. RadioFreeEurope/RadioLiberty.[sayt ishlamaydi]
  3. Goldberg. „UEFA Bars Belarus from Hosting International Games After Invasion of Ukraine“. Bleacher Report.
  4. [🖉[2] „Russia, Belarus Suspended From International Soccer, Hockey Over Ukraine Attacks“]. RadioFreeEurope/RadioLiberty.[sayt ishlamaydi]
  5. „BelaPAN. In pictures: Retired army colonel elected unopposed as new chairman of Belarusian Football Federation“ (ru). en.belapan.by (27-mart 2019-yil). Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
  6. Glushchenkov, Illya. „Belarus football's new global following“ (inglizcha). BBC Sport (2-aprel 2020-yil). Qaraldi: 2021-yil 7-iyun.
  7. „Match Report of Uzbekistan vs Belarus - 2021-04-11 - FIFA Friendlies - Women“. Global Sports Archive. Qaraldi: 21-may 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]