Baxtiyor Zokirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baxtiyor Botirovich Zokirov
Tavalludi 9-avgust 1962-yil
Vafoti 6-noyabr 2005-yil(2005-11-06)
(43 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK; Moskva)
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 1982 — 2004
Otasi Botir Zokirov
Onasi Erkli Malikboyeva
Qarindoshlari Bahodir Zokirov (ukasi)
Ruxshona Zokirova (singlisi)
Mukofotlari

Baxtiyor Botirovich Zokirov (1962-yil 9-avgust, Konibodom, Tojikiston SSR — 2005-yil 6-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik teatr aktyori, dublyaj aktyori va kinoaktyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1997).

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor Zokirov 1962-yil 9-avgustda Tojikiston SSRning Konibodom[1] shahrida sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan. Otasi qoʻshiqchi, rassom, oʻzbek zamonaviy estrada ijrochiligining asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti — Botir Zokirov, onasi aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti — Erkli Malikboyeva. U 1979-yil (17 yoshida) Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga (VGIK) oʻqishga kirgan va u yerda professor Boris Chirikov studiyasida tahsil olgan[2].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor Zokirov debyut rolini 1982-yilda rejissyor Elyor Ishmuhamedovning Abu Ali ibn Sino haqida tasvirga olingan „Yunost geniya“ filmida oʻynagan. Bu film oʻz vaqtida SSSRning oliy mukofotiga sazovor boʻlgan[2].

Baxtiyor Zokirov kinematografiyadagi ijodi davomida „Oʻzbekfilm“, „Tojikfilm“, „Sverdlovskaya kinostudiya“, „Mosfilm“ kinostudiyalari tomonidan tasvirga olingan filmlarga suratga tushgan[2].

Aktyor 32 yoshida „Buyuk Amir Temur“ filmida rol oʻynab „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan[2].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film nomi Roli Film rejissyori
1982 Yunost geniya
(Oʻzbekfilm, Tojikfilm)
Husayn (Abu Ali ibn Sino; bosh rol) Elyor Ishmuhamedov
1984 Nayedine
(Oʻzbekfilm)
- Gʻiyos Shermuhammedov
1985 Govoryashshiy rodnik Asqar Margarita Kasimova
1985 Alvido gʻoʻr yoshligim - Elyor Ishmuxamedov
1985 Poslednyaya inspeksiya Haydarov Eduard Xachaturov
1986 Armon Boʻri (bosh rol) Melis Abzalov
1987 Klinika
(Oʻzbekfilm)
Alim (bosh rol) Rashid Malikov
1987 Kuda vel sled dinozavra Baxtiyor Margarita Kasimova
1987 Upolnomochen revolyutsiyey
(serial)
Gaziz Zinoviy Royzman
1988 Chudovishshe, ili Kto-to drugoy - Aliasqar Fatxullin
1989 Maysaraning ishi Hidoyatxon Melis Abzalov
1989
1990
Kodeks molchaniya
(serial)
psixiatrik kasalxona shifokori Zinoviy Royzman
Mirzabek Xolmedov
1989 Siz kim siz? - Janik Fayziyev
1990 Prodavets snov musiqachi Georgiy Bzarov
1990 Blagoslovlennaya Buxara - Baqo Sodiqov
1991 Za vse nado platit Qurbon Beketov Habib Fayziyev
1991 Kammi Dima Chexov Janik Fayziyev
1991 Polunochniy blyuz epizodik rol Rashid Malikov
1992 Qirqquloq siri ota Rashid Malikov
1992 Ostrov - Baqo Sodiqov
1993 Mafiya bessmertna Joshua Suraj Leonid Partigul
1995 Zov Predkov: Velikiy Turan - Gʻiyos Shermuhammedov
1996 Buyuk Amir Temur Husayn Isamat Ergashev
Baqo Sodiqov
1997 Yaratganga shukr Alisher Zulfiqor Musoqov
1999 Fellini rejissyor Nozim Abbosov
2000 Ayollar saltanati bosh rol Yusup Roziqov
2003 Rodina jdyot
(serial)
Latifiy Oleg Pogodin
2004 Vlyublyonniye 2 Murod Elyor Ishmuhamedov
2005 Xoʻja Nasriddin: oʻyin boshlandi
(film 2006-yil katta ekranlarga chiqqan)
dorixonachi Skan Multi

Teatrdagi ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxtiyor Zokirov teatrdagi faoliyatini 1986-yilda Mark Vayl tashkil etgan „Ilhom“ teatrida boshlagan boʻlib, u yerda Janik Fayziyev sahnalashtirgan „Petrushka“ plastik spektaklida oʻynagan. Spektakl 3 yil davomida namoyish etilgan.

Baxtiyor Zokirovning teatr sahnasida keyingi chiqishi 1998-yilda amalga oshgan.

Aktyor „Ilhom“ teatrida Oscar Wilde asari asosida Avliyoquli Xoʻjaquli rejissyorligida sahnalashtirilgan „Salomeya“ spektaklida Iokanaan (1998), Mark Vayl rejissyorligida Abdulla Qodiriy asari asari asosida sahnalashtirilgan „Beliy beliy cherniy aist“ (Oxund roli, 1998) va Aleksandr Pushkin asari asosida sahnalashtirilgan „Podrajaniya Koranu“ spektaklida (2002) rollar ijro etgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бахтияр Закиров“. Kinopoisk. kinopoisk.ru. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Бахтияр Закиров“. Kino-teatr.ru. kino-teatr.ru. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  3. „Закиров Бахтияр Батирович“. Кино-СССР. kino-cccp.net. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.