Oscar Wilde
Oscar Wilde | |
![]() | |
Toʻliq ismi: | Oscar Fingal O'Flahertie Wills Wilde |
---|---|
Tavallud sanasi: | 16-oktabr 1854-yil |
Tavallud joyi: | Dublin, Irlandiya |
Vafot sanasi: | 30-noyabr 1900-yil (46 yoshda) |
Vafot joyi: | Parij, Fransiya |
Fuqarolik: | Irland |
Kasb: | Yozuvchi, shoir, dramaturg |
Yoʻnalish: | Estetizm |
Janr: | Drama, hikoya, dialog, muxbirlik |
Magnum opus: | Jiddiy boʻlish qanday muhim, Dorian Gray portreti |
Oscar Fingal O'Flahertie Wills Wilde (talaffuzi: Oskar Fingal O'Flaerti Uills Uayld; kir. Оскар Уайлд; 16-oktabr 1854, Dublin — 30-noyabr 1900, Parij) — ingliz yozuvchisi, tanqidchi, shoir, dramaturg. Hashamdor sheʼrlari bilan fransuz simvolistlariga yaqin turadi. 1882-yilda AQSh shaharlari boʻylab sayohatda boʻlib, estetika boʻyicha maʼruzalar oʻqigan. Bu davrda va keyinroq yaratilgan "Eʼtiqod yoki Nigilistlar" (1882), "Gersoginya Padua" (1883), "Salomé" (1893) dramalarida yosh yozuvchining isyonkor kayfiyati ifodalanib, ijtimoiy hayot masalalari muhim oʻrin egallaydi. Londonga qaytib, gazeta va jurnallar bilan hamkorlik qilgan. Axloqsizlikda ayblanib, 2 yil (1895—97) qamoqda yotib chiqqach, Parijga koʻchib oʻtgan. Qamoqdan soʻng Wilde hayotida roʻy bergan ruhiy tushkunlik "Reading qamoqxonasi balladasi" (1898) avtobiografik asari hamda oʻlimidan keyin eʼlon qilingan "Qamoqxonadagi tavba" (1905)da oʻz aksini topgan. "Windermere xonimning yelpigʻichi" (1892), "Benuqson erkak" (1895), "Jiddiy boʻlish qanday muhim" (1896) komediyalari, "Baxtli shahzoda" va "Yulduzli bola" (1888) adabiy ertaklar toʻplamlarida oʻzi yashagan muhit urf-odatlarini tanqidiy aks ettirgan. "Dorian Gray portreti" (1891) — 19-asr oxiridagi intellektual romanning ajoyib namunasi. 80-yillardagi tanqidiy maqolalarida ("Oʻy-niyatlar" toʻplami, 1891) Wilde hozirgi ingliz adabiyotidagi oʻziga yaqin voqea-hodisalarni yoritgan. Ayni paytda xalq qoʻshiqchilik ijodini, Pierre-Jean de Béranger sheʼriyatini yuqori baholagan, Honoré de Balzac, Lev Tolstoy, Ivan Turgenev va Fyodor Dostoyevskiylar badiiy mahoratini mehr bilan tasvirlagan. Wilde pyesalari asosida filmlar yaratilgan.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Сказки Оскара Уайльда Arxivlandi 2011-09-16 Wayback Machine saytida.
- Переводы на wikilivres Arxivlandi 2013-04-15 Wayback Machine saytida.
- Оскар Уайльд — биографическая справка и переводы Александра Лукьянова[sayt ishlamaydi]
- Александр Карпенко Кровавая сказка Оскара Уайльда Arxivlandi 2014-01-16 Wayback Machine saytida.
- Работы Уайльда на английском языке Arxivlandi 2009-12-25 Wayback Machine saytida.
- Сайт поклонников романа Оскара Уайльда «Портрет Дориана Грея» на русском языке Arxivlandi 2016-03-08 Wayback Machine saytida.
- Легендарные тюрьмы: «Рединг» — сплошные боль и насилие
- Мемориальная аллея Оскара Уайльда в Рединге Arxivlandi 2012-10-05 Wayback Machine saytida.
![]() |
Wikimedia Commonsda Oscar Wilde mavzusiga oid fayllar bor. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |