Mark Vayl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Mark Yakovlevich Vayl
Марк Яковлевич Вайль
Mark Weil.jpg
Teatr rejissyori
Tavalludi 25-yanvar 1952-yil(1952-01-25)
Vafoti 7-sentabr 2007-yil(2007-09-07)
(55 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR

Mark Yakovlevich Vayl (ruscha: Марк Яковлевич Вайль; 25-yanvar, 1952 — 7-sentabr, 2007) shoʻro va Oʻzbekiston rejissyori, Ilhom teatri rahbari boʻlgan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Toshkent davlat sanʼat institutining teatrshunoslik (1974) va rejissyorlik (1983) boʻlimini tugatgan. "Ilhom" tajriba teatr studiyasining tashkilotchisi va badiiy rahbari (1976 yildan). Mazkur teatr qoshida 1995 yil dramatik sanʼat maktabini ochgan. Vayl sahnalashtirgan spektakllari gʻoyaviy-badiiy yaxlit va aniqligi, oʻtkir ijtimoiyligi, sahna ifoda vositalarining serqirra va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Spektakllari: "Revizor", "Oppoq, oppoq qora lay-lak", "Alvido hayot" (Bolgariya teatrida), "Meshchanlar toʻyi" (Yugoslaviya teatrida), "Moler", "Vavilon mehmonxonasi" (AQSH teatrlarida) va boshqa.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil