Baqtriya tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baqtriya tili
Mamlakatlar Baqtriya
Mintaqalar Markaziy Osiyo
Til oilasi Hind-yevropa tillari
Alifbosi Yunon yozuvi
Til kodlari
ISO 639-3 xbc[1]

Baqtriya tili (baqtriya tilida: Αριαο, ariao, „eronlik“ degan maʼnoni anglatadi[2]) — yoʻqolib ketgan Sharqiy Eron tili boʻlib, ilgari Oʻrta Osiyoning Baqtriya mintaqasida (hozirgi Afgʻonistonda) muloqot vositasi boʻlgan[3]. Shuningdek, kushon tillari orasida rasmiy til sifatida ishlatilgan. Baqtriya tili Eftalitlar imperiyasi davrida ham ishlatilgan.

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rabatak yozuvi — 1993-yilda Afgʻonistonning Surx Koʻtal yaqinidagi Rabatak oʻrnida topilgan. Baqtriya va yunon yozuvida qoya ustiga yozilgan yozuv. Yozuv Kushon imperatori Kanishka I hukmronligiga taalluqli boʻlib, Kushonlar sulolasining nasl-nasabi haqida maʼlumotlar beradi.

Uzoq vaqt davom etgan qarashlarga koʻra Eski Baqtriya tiliga Avesto tilinining bir koʻrinishi sifatida qarashgan. Biroq, bu tushuncha oʻz tasdigʻini topmagach[4].

Asosan yunon yozuviga asoslangan alifboda yozilgan Baqtriya tili asliyatida αριαο nomi bilan tanilgan („Oriylar“; hind-eron xalqlari orasida keng tarqalgan endonim). Shuningdek, yunon-baqtriya, kushon yoki kushon-baqtriya kabi nomlar bilan ham tanilgan.

Kushonlar hukmronligi davrida Baqtriya Tuxara yoki Toxara, keyinroq Toxariston deb atala boshlandi. XX asr boshlarida Xitoyning Tarim havzasida ikki yoʻq boʻlib ketgan va ilgari nomaʼlum boʻlgan hind-evropa tillaridagi matnlar topilganda, ular toʻgʻridan-toʻgʻri Toxariston bilan bogʻlangan. Baqtriya tili esa baʼzan „Eteo-toxarian“ (yaʼni „haqiqiy“) deb atalgan. Biroq, 1970-yillarga kelib, bunday aloqa uchun juda kam dalil borligi maʼlum boʻldi. Masalan, tarimcha „toxar“ tillari hind-yevropa oilasiga kiruvchi „sentum“ tillari boʻlsa, baqtriya tili eroniy, yaʼni „satem“ tili boʻlgan.

Tasniflash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surx Kotal yozuvi (SK4) eron tili boʻlgan baqtriya tilida yozilgan birinchi muhim hujjatdir. U yunon yozuvidan foydalanadi. U Kushon hukmdori Huvishka davrida, milodiy 2-asrda yozilgan. Kobul muzeyi[5].

Baqtriya Sharqiy Eron tillarining bir qismi boʻlib, Soʻgʻdiy va Xorazmiy (Sharqiy) va Parfiya (Gʻarbiy) oʻrta eroniy tillari bilan oʻziga xos xususiyatga ega. Shuningdek, hozirgi Sharqiy Eron tillari, masalan, Pushtu va Pomir tillari, Munjiy tillari bilan oʻzaro aloqasi bor[6]. Uning genealogik pozitsiyasi aniq emas[7]. Boshqa bir manbaga koʻra, Afgʻoniston shimoli-sharqidagi Munjan vodiysining zamonaviy Sharqiy Eron tili boʻlmish Munji tilida soʻzlashuvchilar Baqtriya tiliga iloji boricha yaqinroq lingvistik yaqinlikni namoyon etadilar[8].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baqtriya tili Kushon imperiyasi va Baqtriya mintaqasida yunon tili oʻrnini egalladi. Baqtriyada Umaviylar xalifaligi hukmronligiga qadar foydalanilgan.

Tarixiy rivojlanish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan avvalgi 323-yilda Aleksandr Makedonskiy Baqtriyani bosib olgandan soʻng, taxminan ikki asr davomida yunon tili uning ellinistik vorislari, yaʼni Salavkiylar va Yunon-Baqtriya podsholiklarining boshqaruv tili boʻlgan. Sharqiy skif qabilalari (saklar yoki yunon manbalarida Sakraucae) miloddan avvalgi 140-yillarda hududga bostirib kirishgan. Miloddan avvalgi 124-yildan keyin bir muncha vaqt Baqtriya Buyuk Yuechji va Toxar qabilalari konfederatsiyasi tomonidan bosib olingan. Milodiy 1-asrda yuechji qabilalaridan biri boʻlgan kushonlar Kushonlar imperiyasining hukmron sulolasiga asos solgan.

Yozish tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baqtriya tili asosan yunon yozuvida.Sho (bu yerda majuscule va minuscule) harfi qoʻshilgan holda yozilgan.

Hind-eron tillari orasida yunon yozuvidan foydalanish faqat baqtriya tiliga xosdir.

Fonologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baqtriya tilining fonologiyasi mahalliy yozuvlarning cheklanganligi sababli aniq maʼlum emas.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. Foundation. „Welcome to Encyclopaedia Iranica“ (en-US). iranicaonline.org. Qaraldi: 2023-yil 31-iyul.
  3. Sims-Williams. „Bactrian Language“. Encyclopaedia Iranica.
  4. Gershevitch 1983, s. 1250
  5. Nakamura, Hajime. Indian Buddhism: A Survey with Bibliographical Notes (en). Motilal Banarsidass Publ., 1987 — 141, note 2 bet. ISBN 978-81-208-0272-8. 
  6. Henning (1960), p. 47.
  7. Novák, Ľubomir (2014). "Question of (re)classification of Eastern Iranian languages". Linguistica Brunensia: 77–87. 
  8. Waghmar, Burzine K. (2001) 'Bactrian History and Language: An Overview.'

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Falk (2001): „The yuga of Sphujiddhvaja and the era of the Kuṣâṇas.“ Harry Falk. Silk Road Art and Archaeology VII, pp. 121-136.
  • Henning (1960): „The Bactrian Inscription.“ W. B. Henning. Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London, Vol. 23, No. 1. (1960), pp. 47-55.
  • Gershevitch, Ilya (1983), „Bactrian Literature“, in Yarshater, Ehsan (muh.), Cambridge History of Iran, 3-jild, Cambridge: Cambridge UP, 1250–1258-bet, ISBN 0-511-46773-7.
  • Gholami, Saloumeh (2010), Selected Features of Bactrian Grammar (PhD thesis), University of Göttingen, hdl:11858/00-1735-0000-000D-EF94-2
  • Sims-Williams, Nicholas (1989), „Bactrian Language“, Encyclopedia Iranica, 3-jild, New York: Routledge & Kegan Paul, 344–349-bet.
  • Sims-Williams, Nicholas (1989), „Bactrian“, in Schmitt, Rüdiger (muh.), Compendium Linguarum Iranicarum, Wiesbaden: Reichert, 230–235-bet.
  • Sims-Williams, Nicholas (1997), New Findings in Ancient Afghanistan: the Bactrian documents discovered from the Northern Hindu-Kush, [lecture transcript], Tokyo: Department of Linguistics, University of Tokyo, 2007-06-10da asl nusxadan arxivlandi

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]