Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari (2020–hozirga qadar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Bangladesh futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadigan xalqaro ayollar futbolida Bangladesh sharafini himoya qiladigan ayollar milliy assotsiatsiyasi futbol jamoasidir. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi aʼzosi boʻlib, hali Jahon chempionati yoki AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi asosiy oʻyinlariga yoʻllanma ola olmagan.

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda oʻzining ilk chempionlik unvonini qoʻlga kiritganidan hozirda SAFF ayollar chempionatida amaldagi chempion boʻlib keloqda[1]. Shuningdek, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilgi Janubiy Osiyo Federatsiyasi oʻyinlarida bronza medali va 2016-yilgi SAFF ayollar chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi[2].

Ushbu maqolada Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi tomonidan 2020-yildan hozirgi kungacha oʻynagan xalqaro futbol oʻyinlari haqida batafsil maʼlumot berilgan[3][4].

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mintaqaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • SAFF ayollar chempionati
    • Chempion: 2022
    • Ikkinchi oʻrin: 2016

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining 2022-yilgacha umumiy natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini 2010-yil 29-yanvarda Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi 2010-yilda Dakkada boʻlib oʻtgan Janubiy Osiyo oʻyinlarida[5] oʻtkazdi va oʻsha oʻyinda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi keyingi oʻyinlarda ajoyib taassurot qoldirdi va mos ravishda Shri-Lanka va keyin Pokiston ayollar milliy futbol terma jamoalariga qarshi ikkita ketma-ket gʻalaba qozondi. Guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda Hindiston terma jamoasidan 0:7 hisobida magʻlubiyatga uchragan boʻlsa-da, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi turnirda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻsha yili oʻz maydonida oʻtkazilgan 2010-yilgi SAFF ayollar chempionatida ishtirok etishni davom ettirdi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Butan va Shri-Lanka ayollar milliy terma jamoalari (2:0 va 9:0) ustidan sezilarli gʻalaba qozonishdi, ammo yarim finalda Nepal terma jamoasidan magʻlub boʻlishdi.

2011-yilda futbol federatsiyasi Bangladesh ayollar futboli ligasini ochishga qaror qilgan edi. Keyingi yili Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi SAFF chempionatida qatnashib faol boʻldi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Hindiston va Shri-Lankaga magʻlub boʻlib, sardor Pru Suinuning goli evaziga Butanga qarshi yagona gʻalabaga erishdilar: 1:0. Shunga qaramay, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻsha yilgi turnir guruh bosqichidan oʻta olmadi.

Tashkil topishi (2013—2020)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilgi SAFF ayollar chempionatidan soʻng Bangladesh Futbol Federatsiyasi ayollar jamoasi uchun tuzilma yaratishni boshladi. Boshqa tomondan, hukumat 2011-yildan boshlab Bangamata Shayx Fazilatunnesa Mujib Oltin Kubogi futbol turnirini boshlad. Unda butun mamlakat boʻylab bir qator futbolchilar har yili oʻzlarining futbol mahoratlarini namoyish etib, milliy terma jamoaning isteʼdodlar tarmogʻini mustahkamladilar. 2014-yilning oktyabr oyida Norio Tsukitate Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi xorijlik bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi rahbariyati 2014-yilgi SAFF ayollar chempionati uchun deyarli bir yil davom etgan lagerni boshladi va Bangladesh terma jamoasi guruhdagi uchta oʻyinning ikkitasida gʻalaba qozondi va yarim finalga chiqdi. Yarim finalda Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi yana Nepal ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Turnir yakunlangach, Golam Robbani Choton bosh murabbiylik vazifasiga ketdi[6].

2016-yilgi SAFF ayollar chempionatida Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda Maldiv orollari terma jamoasini 6:0 hisobida magʻlub etib, finalga chiqdi. Shunga qaramay, tajribasiz Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi finalda Hindiston ayollar terma jamoasiga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi[2]. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining 2019-yilgi SAFF ayollar chempionatidagi taqdiri oʻzgarmadi. Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda Hindiston ayollar terma jamoasiga 4:0 hisobida magʻlub boʻlishdi[7].

Oltin davri (2021-yildan hozirgi kungacha)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilgi SAFF ayollar chempionati final o`yinida Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining o`yinchilar joylashuvi

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichiga chiqa olmadi. Ammo, shundan soʻng, Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi uchta FIFA oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazdi: bittasi Gonkong terma jamoasiga qarshi 2021-yilda Gonkongni 5:0 hisobida magʻlub etdi va ikkita Malayziya ayollar milliy terma jamoasiga qarshi 2022-yilgi SAFF ayollar chempionati oldidan bitta durang oʻynadi va bitta Malayziyani 6:0 hisobida magʻlub etdi[8].

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yil AFF ayollar chmpionati guruh bosqichidagi uchta oʻyinda ham gʻalaba qozonib, Maldiv orollarini 3:0, Pokistonni 6:0 va Hindiston terma jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etib, yarim finalga qadar magʻlub boʻlmagan guruh chempioni sifatida yarim finalga yoʻl oldi[9][10][11]. Yarim finalda Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Butan ayollar terma jamoasini 8:0 hisobida magʻlub etib, finalga chiqdi[12]. 2022-yil 19-sentabrda Katmandudagi Dasharath Rangasalada oʻtkazilgan qiziqarli finalda Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi Nepal ayollar terma jamoasi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻzining SAFF ayollar oʻrtasidagi birinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi[13][14][15][16].

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 19-sentabr holatiga koʻra

Ushbu roʻyxatni tuzishda Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[17].

Raqib terma jamoa Konfederatsiyasi Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Gʻalaba koʻrsatkichi
   Nepal AFC 9 1 2 6 5 15 −10 011.11
 Shri Lanka AFC 4 3 0 1 7 3 +4 075.00
 Pokiston AFC 2 2 0 0 7 0 +7 100.00
 Hindiston AFC 11 1 1 9 7 43 −36 009.09
 Butan AFC 4 4 0 0 20 0 +20 100.00
 Oʻzbekiston AFC 1 0 0 1 0 3 −3 000.00
 Tailand AFC 1 0 0 1 0 9 −9 000.00
 Eron AFC 2 0 0 2 0 7 −7 000.00
 Filippin AFC 1 0 0 1 0 4 −4 000.00
 Afgʻoniston AFC 2 2 0 0 12 1 +11 100.00
 Maldiv orollari AFC 4 4 0 0 14 1 +13 100.00
 Singapur AFC 1 0 0 1 0 3 −3 000.00
 Malayziya AFC 3 1 1 1 7 2 +5 033.33
 Myanma AFC 1 0 0 1 0 5 −5 000.00
 Iordaniya AFC 1 0 0 1 0 5 −5 000.00
 Gonkong AFC 1 1 0 0 5 0 +5 100.00

Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasining 2020-yildan hozirga qadar oʻtkazgan barcha oʻyinlar statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021[tahrir | manbasini tahrirlash]

9-sentabr, 2021 Oʻrtoqlik uchrashuvi Nepal bayrogʻi Nepal 2–1 Bangladesh bayrogʻi Bangladesh Kathmandu, Nepal
17:15 BST Report Stadion: Dasharath Rangasala
19-sentabr, 2021 AFC ayollar Osiyo kubogi saralashi Bangladesh bayrogʻi Bangladesh 0-5 Iordaniya bayrogʻi Iordaniya Toshkent, Oʻzbekiston
16:00 UTC+6 Report
Stadion: Milliy stadioni
Tomoshabin: 0
Hakam: Oh Hyeon-jeong
22-sentabr, 2021 AFC ayollar Osiyo kubogi saralashi Eron bayrogʻi Eron 5-0 Bangladesh bayrogʻi Bangladesh Toshkent, Oʻzbekiston
16:00 UTC+6
Report Stadion: Milliy stadioni
Tomoshabin: 0
Hakam: Edita Mirabidova (Oʻzbekiston)
26-sentabr, 2021 Oʻrtoqlik uchrashuvi Bangladesh bayrogʻi Bangladesh 5-0 Gon Kong bayrogʻi Gonkong Toshkent, Oʻzbekiston
16:00 UTC+6
Stadion: JAR stadioni

2022[tahrir | manbasini tahrirlash]

7-sentabr, 2022 SAFF ayollar chempionati Bangladesh bayrogʻi Bangladesh 3-0 Maldivalar bayrogʻi Maldiv Kathmandu, Nepal
17:30
Report Stadion: Dashrath stadioni
Tomoshabin: 240
Hakam: Anjana Rai (Nepal)
10-sentabr, 2022 SAFF ayollar chempionati Pokiston bayrogʻi Pokiston 0-6 Bangladesh bayrogʻi Bangladesh Kathmandu, Nepal
13:00 Report
Stadion: Dashrath stadioni
Tomoshabin: 205
Hakam: Om Choki (Butan)
13-sentabr, 2022 SAFF ayollar chempionati Hindiston bayrogʻi Hindiston 0-3 Bangladesh bayrogʻi Bangladesh Kathmandu, Nepal
17:30 Report
Stadion: Dashrath stadioni
Tomoshabin: 279
Hakam: Om Choki (Butan)
16-sentabr, 2022 SAFF ayollar chempionati Bangladesh bayrogʻi Bangladesh 8-0 Butan bayrogʻi Butan Kathmandu, Nepal
13:00
Report Stadion: Dashrath stadioni
Tomoshabin: 282
Hakam: Tekcham Ranjita Devi (Hindiston)
19-sentabr, 2022 SAFF ayollar chempionati Bangladesh bayrogʻi Bangladesh 3-1 Nepal bayrogʻi Nepal Kathmandu, Nepal
17:00
Report
Stadion: Dashrath stadioni
Tomoshabin: 15730
Hakam: Tekcham Ranjita Devi (Hindiston)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „History made - Bangladesh girls win maiden Saff football championship“. tbsnews.net (19-sentabr 2022-yil).
  2. 2,0 2,1 „India keep unbeaten SAFF record“. shekicks.net (5-yanvar 2017-yil). 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.
  3. „Bangladesh - Results, fixtures, squad, statistics, photos, videos and news - Soccerway“. int.soccerway.com. Soccerway.
  4. „Bangladesh national team“. worldfootball.net. World Football.
  5. „11th South Asian Federation Games 2010 (Bangladesh)“.
  6. „BFF announces national women's squad for SAFF“. observerbd.com (25-oktabr 2014-yil). 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
  7. „হুমকি-ধমকিও দমাতে পারেনি ফুটবলের রাজকন্যাকে“. Prothomalo (16-mart 2019-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2022-yil.
  8. „Fifa Womens Football Bangladesh script history crush malaysia 6-0“. UNB (23-iyun 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  9. „Sabina brace downs Maldives“. The Daily Star (8-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  10. „Sabina scores hattrick as Bangladesh hit Pakistan for six“. The Daily Star (10-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  11. „Bangladesh seal maiden victory over India“. The Daily Star (13-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  12. „Bangladesh storm into final with 8-0 thrashing of Bhutan“. The Daily Star (16-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  13. „Bangladesh women make history, clinch maiden SAFF title“. The Daily Star (19-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  14. „Bangladesh crowned champions“. Prothom Alo (19-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  15. „President, PM lauds Bangladesh team for winning SAFF Women's Championship 2022“. Dhaka Tribune (19-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  16. „Bangladesh women create history, clinch Saff Championship for first time“. Dhaka Tribune (19-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2022-yil.
  17. „Archived copy“. www.fifa.com. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]