Azamat Akbarov
| Azamat Akbarov | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1977-yil Samarqand, Samarqand viloyati, OʻzSSR |
| Istiqomat joylari | Shvetsiya, Janubiy Koreya, Bosniya va Gersegovina, Qozogʻiston |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Tilshunos, professor |
| Taʼlimi |
|
| Ilmiy darajasi | Fan doktori |
| Ilmiy unvoni | Professor |
| Dini | Islom |
Azamat Akbarov (1977-yil, Samarqand, OʻzSSR) – tilshunos, amaliy tilshunoslik boʻyicha fan doktori, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), professor. "Xorijiy tillarni oʻrgatish va amaliy tilshunoslik" xalqaro ilmiy-nazariy jurnali bosh muharriri.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akbarov Azamat Anvarovich 1977-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. Oʻrta maktabda dastlab fransuz tilini, keyin esa ingliz tilini oʻrgangan[1][2]. 1995–1999-yillarda Samarqand davlat chet tillar institutida ingliz tili filologiyasi yoʻnalishida tahsil olib, 1999–2001-yillarda shu universitetda magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan[3]. 2002–2003-yillarda ikkinchi mutaxassislik sifatida Shvetsiyaning Dalarna universitetida siyosatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini olgan. 2009-yili Janubiy Koreyada ingliz tilshunosligi yoʻnalishida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlab 1999–2001-yillarida Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat yuritgan. 2004–2006-yillarida Janubiy Koreyaning Pusan chet tillari universitetida Oʻrta Osiyo tadqiqotlari fakultetida o‘zbek tili, tarixi, madaniyati yoʻnalishida dars bergan. 2009–2016-yillar Bosniya va Gersegovina poytaxti Sarayevo shahridagi xalqaro Burch universitetida „Ingliz tili va adabiyoti“ kafedrasi mudiri, Pedagogika fakulteti dekani va 2012–2016-yillarda ushbu universitetning ilmiy ishlar va xalqaro munosabatlar boʻyicha prorektori lavozimida ishlagan[2].
2014-2016 yillari xalqaro amaliy tilshunoslar assotsiatsiyasining vitse-prezidenti, 2014-2016 yillari Bosniya va Gersegovina amaliy tilshunoslar assotsiatsiyasining prezidenti, 2016-2018 yillari Qozogʻiston amaliy tilshunoslar assotsiatsiyasining prezidenti boʻlgan[1].
2016–2018-yillarda „Al Farobiy“ nomidagi Qozoq milliy universiteti umumiy tilshunoslik va yevropa tillari kafedrasi professori lavozimida; 2018–2019-yillarda Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universitetida sharqshunoslik fakulteti professori lavozimida oʻz faoliyatini olib borgan[1].
2019-yilda Samarqanddagi „Ipak yoʻli“ turizm xalqaro universitetiga proyektorlik lavozimiga taklif qilingan[4] va u taklifni qabul qilib, shu yildan oʻz faoliyatini boshlagan[3][5][6]. 2020-yilning yanvar oyiga kelib, soxta diplom tufayli proyektorlik lavozimidan boʻshatilgan[7][8][9][10]. Sentyabr oyiga kelib esa soxta diplomi uchun emas, balki oʻz arizasiga koʻra ishdan ketganli haqida rasmiy maʼlumot berilgan[11][12].
2022-yildan „Boursa National“ kompaniyasi ijrochi direktori[13], 2023-yildan „Silk Road Research Academy“ ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritadi[14].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azamat Akbarov jami 27 ta ilmiy kitob muallifi hisoblanadi[15]. 2004-yilda Janubiy Koreyada ilk bor oʻzbek tilini oʻrganayotgan talabalar uchun 200 betlik darslik yozgan[2]. 2013–2018-yillarida oʻzbekistonlik oʻqituvchi-professorlar bilan hamkorlikda maqolalar yozgan. 2015-yilda "Chet tilini oʻrgatishdagi yondashuv va usullar: nazariyadan koʻnikmalargacha" (inglizcha: "The Practice of Foreign Language Teaching: Theories and Applications") nomli kitobi nashr etilgan[16].
Azamat Akbarov asos solgan[17] FLTAL (Foreign Language Teaching and Applied Linguistics) ilmiy konferensiyasi 2011–2016-yillarda Yevropa mamlakatlarida, 2017–2018-yillar Qozogʻistonda, 2019-yil Rossiya, 2020-yil Samarqandda, 2021-yilda Buxoro davlat universitetida oʻtkazilgan[18].
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2011-yil – Languages for Specific Purposes in Theory and Practice;[19]
- 2012-yil – Communication Approach in English Through the Internet;[20]
- 2014-yil – Multicultural Language Education : From Research into Practice;[21]
- 2015-yil – The Practice of Foreign Language Teaching: Theories and Applications;[16]
- 2016-yil – Current research on language learning and teaching: case study of Bosnia and Herzegovina;[22]
- 2018-yil – Motivatsiya v izuchenii yazika : vzglyad s tochki zreniya obщey tendensii i individualnix razlichiy na urokax po izucheniyu vtorogo yazika: monografiya[23].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Kun.uz. „Tilshunos professor bilan intervyu: til millatning ko‘zgusidir“ (10-aprel 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Sof.uz. „Ёш профессор Азамат Акбаров: “Тил ўрганиш — умидсизликни енгишдан бошланади”“ (23-iyul 2018-yil). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ 3,0 3,1 Ilyos Safarov. „Intervyu: Azamat Akbarov - «soxta diplom» voqeasi va oliy ta'limdagi muammolar haqida“. Kun.uz (11-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Qalampir.uz tahririyati. „Azamat Akbarovning diplomini soxtaga chiqarish kimga kerak bo‘lgandi? Olim bilan suhbat“ (3-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ O‘tkir Jalolxonov. „Harvard qanday nom qozongan? Mamlakatlarni oyoqqa turg‘izgan universitetlar haqida Azamat Akbarov bilan suhbat“. Kun.uz (3-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ „О деятельности Международного университета туризма «Шелковый путь».“ (ruscha) (4-oktyabr 2019-yil). 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Samarqandda diplomi soxta bo‘lib chiqqan prorektor ishdan olindi“ (13-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Qalampir.uz tahririyati. „Prorektorning diplomi soxta bo‘lib chiqdi“ (25-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Ozodlik radiosi. „В Узбекистане возбуждено уголовное дело против бывшего проректора, диплом которого был подделан“ (ruscha) (12-mart 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Daryo.uz. „“Ipak Yo‘li” turizm universitetining diplomi soxta bo‘lib chiqqan prorektori ishdan olindi“ (13-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „Azamat Akbarov turizm universitetiga qaytmoqda. Uning diplomi soxta ekani isbotlanmagani aytildi“ (29-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Qalampir.uz tahririyati. „Akbarovning diplomi soxtaligi isbotlanmadi, jinoiy ish tugatildi“ (29-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Ilyos Safarov. „O‘zbekiston oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha 10 yillik rejalariga erisha oladimi? – professor Azamat Akbarov bilan suhbat“. Kun.uz (22-iyul 2022-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Dilshoda Shomirzayeva. „“Sifatli yo sifatsiz OTMni bozor aniqlashi kerak, davlat emas” - professor Azamat Akbarov bilan suhbat“. Kun.uz (25-fevral 2023-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Gazeta.uz. „Samarqand turizm universiteti prorektorining diplomi soxtaligi haqidagi xabarlar isbotini topmadi“ (29-sentabr 2020-yill). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ 16,0 16,1 Azamat Akbarov. The Practice of Foreign Language Teaching: Theories and Applications (Inglizcha). Cambridge Scholars Publishing, 2015 — 590-bet. ISBN 978-1443876476.
- ↑ Daryo.uz. „O‘zbekistonda ilk bor FLTAL megakonferensiyasi o‘tkazildi“ (18-may 2019-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Kun.uz. „11-FLTAL konferensiyasi Buxoro davlat universitetida o‘tkazildi“ (13-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Azamat Akbarov. Languages for Specific Purposes in Theory and Practice (Inglizcha). Cambridge Scholars Publishing, 2011. ISBN 9781443833813.
- ↑ Azamat Akbarov. Communication Approach in English Through the Internet (Inglizcha). Cambridge Scholars Publishing, 2012. ISBN 9781443837590. OCLC 799144044.
- ↑ Azamat Akbarov. Multicultural Language Education : From Research into Practice (Inglizcha). Cambridge Scholars Publishing, 2014. ISBN 9781443863063. OCLC 892243562.
- ↑ Azamat Akbarov. Current research on language learning and teaching: case study of Bosnia and Herzegovina (Inglizcha). Cambridge Scholars Publishing, 2016 — 300-bet. ISBN 9781443889179. OCLC 948549796.
- ↑ Azamat Akbarov. Мотивация в изучении языка: взгляд с точки зрения общей тенденции и индивидуальных различий на уроках по изучению второго языка: монография. (Ruscha). Қазақ университеті, Almaty, 2018 — 157-bet. ISBN 9786010432161. OCLC 1261637537.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Azamat Akbarovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |