Proyektor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Proyektor (lot. projicio — oldinga tashlayman) — detal, diapozitiv, negativ, fotosurat, harita yoki chizma tasvirini kattalashtirib, kichiklashtirib va oʻz oʻlchamida ekranga tushirish uchun moʻljallangan optik asbob. Diaskopik, episkopik va epidiasko-pik xillari bor. Diaskopik P. (proyeksiyey apparatlar, kinoproyek-torlar) tiniq obʼyektlar tasvirini ular orqali oʻtadigan yorugʻlik nurlari yordamida ekranga tushiradi. Episkopik P. yorugʻlik oʻtkazmaydigan obʼyektlardan kaytgan nurlar yordamida tasvirni hosil qiladi. Epidiaskopik P.da ikkala usul jamlangan. P. kinotexnika, fototexnika, haritagrafiya, nusxa koʻchirish texnikasi, aniq mexanizmlarning oʻlchamlarini oʻlchash va boshqa sohalarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil