Apateizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Apateizm (apatiya va teizm/ateizm soʻzlaridan) yoki pragmatik ateizm deb xudoning mavjudligi yoki emasligiga qiziqmaslikka aytiladi. Apateist ilohiyot mavzusini yo maʼnosiz, yoki hayotda kerak emas, deb hisoblaydi.

Apateizmga yaqin oʻlaroq apatik agnostitsizmni ham keltirishadi; apatik agnostik xudo(lar) borligi yoki yoʻqligi haqidagi bahslar hech qachon natija bermasligini, xudo(lar) bor boʻlgan taqdirda ham, odamzod bilan ishi yoʻqligini taʼkidlaydi. Xudo(lar)ning odamlar hayotida taʼsiri yoʻq ekan, bu mavzuga qiziqish ham foydasiz, deb hisoblaydi.

Apateistlar xudo borligi yoki yoʻqligi isbotlangan taqdirda ham turmush tarzlarini oʻzgartirmasliklarini taʼkidlashadi.[1]

18-asr fransuz faylasufi Denis Diderot uni ateist, deb atashganida, xudo mavjudligi yoki emasligiga qiziqmasligini bildirgan. Voltaire'ga javobida shunday yozadi:

Kashnich bilan zangpoyani adashtirmaslik muhim; xudoga ishonish yoki ishonmaslik emas.[2]

Amerikalik yozuvchi Jonathan Rauch apateizmni "oʻz dini haqida qaygʻurishga istaksizlik, boshqalarning dini haqida qaygʻurishga undan ham katta istaksizlik" deb taʼriflagan.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Robinson, B.A. „Apatheism: 'Does God exist? I don't know & I don't really care'“. Ontario Consultants on Religious Tolerance (29-yanvar 2012-yil). 2017-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2012-yil.
  2. Herrick, Jim. Against the Faith. London: Glover & Blair, 1985 — 75 bet. ISBN 0-906681-09-X. 
  3. Rauch, Jonathan, Let It Be: Three Cheers for Apatheism, The Atlantic Monthly, May 2003