Dinsizlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dinsizlik deb dinga berilmaganlik, befarqlik, ishonmaslik, dinni rad etish yoki dinga qarshilikka aytiladi.[1] Diniy ishonchni rad etuvchi dinsizlikka ateizm, diniy dissidentlik va dunyoviy gumanizm kiradi. Dinga qarshi dinsizlikka antiteizm, antiklerikalizm va antidin kiradi. Dinga befarq dinsizlikka apateizm kiradi. Dinga berilmaganlik yoki ishonmaslikka agnostitsizm, ignostitsizm, nonteizm va hur fikr kiradi. Xudoga ishonchi bor dinsizlikka deizm deyiladi.[2]

2012-yilda oʻtkazilgan soʻrovga binoan dunyo aholisining 36%i dinsiz boʻlib, 2005—2012-yillarda dinsizlik 9%ga oshgan.[3] 2010-yilgi Pew Global Report tadqiqotiga binoan Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqalari aholisi dinga eng kam berilgan.[4] Adherents.com maʼlumotlariga binoan dinsizlarning 40—50%i deist boʻlishi mumkin.[5]

Manbalar[tahrir]

  1. .
  2. Campbell, Colin. 1971. Towards a Sociology of Irreligion. London:McMillan p. 31.
  3. „Global Index of Religiosity and Atheism“. WIN-Gallup International (27-Iyul 2012-yil). Qaraldi: 24-Avgust 2012-yil.
  4. „The Global Religious Landscape - Religiously Unaffiliated“. Pew Research Center.
  5. „Major Religions of the World Ranked by Number of Adherents“. Adherents.com (2007). 22-Aprel 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-Oktabr 2012-yil.