Naturalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Naturalizm (frans. naturalizme, lot. naturalis — tabiiy) — 19-asrning oxirgi choragida Yevropa va AQSH adabiyoti va sanʼatida yuzaga kelgan oqim va ijodiy metod; real borliqni obʼyektiv, aniq va hissiz aks ettirishga intilgan. N. tabiiy fanlarda erishilgan muhim muvaffaqiyatlar taʼsirida yuzaga kelgan. Asosiy tasvir obʼyekti — inson, uning tabiiy va fiziologik hayot tarzi; tabiat va atrof muhitni uning maishiy va moddiy muhiti deb bilgan. Bu esa, oʻz navbatida, badiiy imkoniyatlari cheklangan badiiy mada-niyat taraqqiyotini taʼminladi: Fransiyada E.Mane, E. Dega, A.Tuluzlotrek; Belgiyada K. Menye, P.Polyus; Germaniyada M. Liberman, X. Bartels, K. Kolvits; Italiyada verizm vakili V.Vela va boshqa Tasviriy sanʼatda N. borliqni gʻoyaviy mazmunsiz, badiiy umumlashma va tanlashlardan holi, tashki ji-hatdan aynan hayotiy aks ettiradi. Loʻnda, yuzaki tasvirlash, ikkinchi darajali ba-tafeillik, oddiy koʻchirish 1820—30 yillardayoq namoyon boʻddi (ayniqsa, fransuz rassomlari P.Delorosh, O. Berne va boshqalar), akademik tasvirlash bilan osongina qoʻshilib salon sanʼatining koʻplab turlarini yuzaga keltirdi. 19-asr oʻrtalaridan N. tarixiy, diniy va majoziy janrlardagi anʼanaviy koʻtarinkilik tu-shunchalari qasddan "pasaytirib" maishiy dalillarda izoqlangan joʻngina hayotga keltirilishi oʻziga xos voqea boʻldi.

Adabiyotda N. inson harakterini ilmiy (eksperimental) oʻrganishni maqsad qilib qoʻydi. Adabiy-badiiy asarga "insoniy hujjat" deb qaraldi. N. dastlab Fransiyada paydo boʻldi. Fransuz adibi Emil Zolya oʻzining "Eksperimental roman" (1880), "Naturalist romanchilar", "Teatrda naturalizm", "Dramaturglarimiz" (1881) asarlarida N.ni ijodiy metod sifatida asoslab berdi, E. Zolya atrofida naturalistok maktab vujudga keldi (G. Mopassan, P. Aleksis, A. Dode va boshqalar). J. Shanflyori, L.E.Dyuranchi, G.Flober, aka-uka E. va J. Gonkurlar, P. Amp (Fransiya), A.Xold (Germaniya) va boshqa ham N. nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdilar.

Naturalistlarning ayrim tasvir prinsiplariga, insonni axloqiy jihatdan yalangʻoch holatda koʻrsatishlariga, tasvir obʼyektini tanlashga ehtiyoj yoʻqligi xususidagi qarashlariga tanqidiy munosabatlar bildirilgan. Ayni chogʻda, ushbu oqimning dunyo ada-biynazariy tafakkuri tarixidagi mavjud voqelik ekani tan olingan; mavzu doirasining kengligi, yangicha tasvir usullari, shaxs va olomon munosabatlarini oʻrganganlari ijobiy hodisa sifatida baholangan.

Fransuz adabiy muhitida paydo boʻlgan N. taʼsiri, maʼlum vaqt oʻtgach, boshqa mamlakatlarda ham sezilgan. Jumladan, N.ning Germaniyada A. Xols, G. Gauptman, Angliyada J.Mur, JTissing , AQShda S.Kreyn, F.Nor-ris, X.Garlend kabi namoyandalari bor edi. Garchand Rossiya adabiy muxitida "naturalizm" atamasi bevosita qoʻllan-magan boʻlsa ham, bu oqim taʼsiri D.Ye. Maminsibiryak, P. D. Boborikin ijodida seziladi. N.ga xos ayrim unsurlar boshqa ijodiy metodlar asosida yozilgan turli badiiy asarlarda ham uchrashi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil