Arnasoy koʻllari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Arnasoy ko‘llariMirzacho‘l bilan Sharqiy Qizilqum tutashgan joyda-gi ko‘llar. Shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga cho‘zilgan tektonik botiqda. Ko‘llar tu-bining mutlaq balandligi 250 m chamasida. Ko‘llar vujudga kelgunga qadar uning o‘rni geomorfologik jihatdan Qizilqum kabi eol qum relefidan iborat bo‘lgan. Pastqamliklarni esa sho‘rxok va mayda ko‘llar egallagan. 1969 yilda Chordara suv omboridan katta hajmda ortiqcha suvning chiqarib tashlanishi natijasida pastqamliklar suv bilan to‘lib bir necha ko‘l vujudga keldi. Ko‘llar o‘zaro tor o‘zanlar orqali tutashgan. Umumiy uz. 32 km, eng keng joyi 12 km, o‘rtacha chuq. 1 – 3 m. Arnasoy koʻllari ga Markaziy Mirzacho‘l tash-lamasi orqali sho‘r zovur suvlari ham kelib quyiladi (hajmi 1,6 – 1,8 km³), sho‘rligi 1 lda 4 – 5 g. Qishda Chorda-ra suv omboridan maʼlum miqdorda suv oqiziladi, shuning uchun ko‘l suvining minerallashuv darajasi unchalik yuqori emas. Arnasoy koʻllari dan ortiqcha suv tor yo‘lak orqali Aydar kuliga oqib o‘tadi. Ko‘llar qamishzorlar bilan band. Arnasoy koʻllarida suvda su-zuvchi qushlar, tovon baliq, zog‘ora baliq, laqqa baliq, sudak, leshch va boshqa baliqlar mavjud. Arnasoy koʻllarida baliq ovlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil