Markaziy Mirzachoʻl kollektori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Markaziy mirzachoʻl kollektori — Mirzachoʻl hududida qurilgan eng katta kollektor. Mirzachoʻlni shim.gʻarbiy yoʻnalish boʻylab ikkiga ajratib turadi, sugʻorish mavzelarining shartli chegarasi hisoblanadi. Kollektorning 18 km. li bosh qismi tabiiy chuqurlikdan, davomi esa Doʻstlik kanali va Janubiy Mirzachoʻl kapali oraligʻidagi eng past joylardan oʻtadi. Umumiy uz. 85 km, chuq. 3–7 m. Suv yigʻish maydoni 335 ming ga, suv sarfi 43 m³/s, quyi qismining suv oʻtkazish imkoniyati 90 m³/s. Kollektor zovur suvlarini Mirzachoʻlning gʻarbiy chegarasidagi Arnasoy payettekisligiga tashlaydi. M.Markaziy Mirzachoʻl kollektorining birinchi navbati 1954—57 yillarda qurilgan, 1966 yilda toʻliq qurib tugallangan. Kollektor Mirzachoʻlning qadimdan sugʻoriladigan yerlarining bir qismiga va, asosan, yangi sugʻoriladigan maydonlariga xizmat koʻrsatadi. Kollektorga sugʻoriladigan mavzelardan Jetisoy (32,4 km), Boyovut (32,3 km) kollektorlarining suvi oʻz oqimi bilan va Sardoba kollektorining suvi nasos st-yasi yordamida, yangi sugʻoriladigan mavzelardan esa MK-6 (15,1 m³/s), MK-7 (42,2 m³/s), MK-9 (11,4 m³/s) va boshqa bir qancha xoʻjaliklararo va xoʻjalik kollektorlari suvi qu-yiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil