Sudaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sudaklar (Lucioperca) — olabugʻasimonlar oilasiga mansub baliqlarning bir urugʻi. 5 turi maʼlum. Gavdasining uzunligi 130 sm.gacha, vazni 20 kg gacha. Oddiy Sla xoʻjalik ahamiyatiga ega. Orqasi yashil-kulrang, ikki yonida 8—12 ta qoʻngʻir-qora yoʻllari bor. Yelka va dum suzgichlarida qora dogʻlari boʻladi; boshqa suzgichlari sargʻish tusda. Erkagi suv tubida uya yasab, shu uyada urgʻochisi tashlagan uvildiriqni qoʻriqlaydi. Baliq va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Yevropa, Shim. Amerika va Osiyo suv havzalarida, jumladan, Boltiq, Qora, Azov, Kaspiy, Orol dengizi va baʼzi daryolarda tarqalgan. Issiqkoʻl, Balxash va boshqa suv havzalarida iqlimlashtirilgan. Orol dengizida urchish uchun mart—aprel oylarida qirgʻoqqa keladi. Sirdaryo va Amudaryoga ham oʻtadi.