Kontent qismiga oʻtish

Ramazon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ramazon oyidan yoʻnaltirildi)

Ramazon (arabcha: رمضان[ra.ma.dˤaːn]) – hijriy yil hisobining 9 oyi. Islom dinida ramazon oyida Alloh Muhammad paygʻambar Qurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyuriladi. Shuningdek, ramazon arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi Muhammad paygʻambarga Qurʼon nozil qilingan (qarang Laylatul-qadr). Ramazon oyida roʻza tutish hijraning 2 yili joriy etilgan. Musulmon mamlakatlarida ramazonga oid marosim va anʼanalar har bir oʻlkaning oʻziga xos urf-odatlaridan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi[1].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ramazon soʻzi „ramz“ soʻzidan olingan „qizimoq“, „qizib choʻgʻ boʻlmoq“, „kuydirmoq“ maʼnolarni bildiradi[2].

  1. „Ramazon“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (R-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  2. Fayzullo Yahyoyev. „“Ramazon aytib keldik eshigingizga...” – bolalarning sevimli “Yo ramazon” qo‘shiqlari haqida nimalarni bilamiz?“. UZA (2022-yil 11-aprel). Qaraldi: 2025-yil 4-mart.



Ramazon oyi haqida maqola.

"Ro‘za tutishning tibbiy foydalari" haqida maqola. [1]


Islomiy taqvim

Muharram | Safar | Rabiulavval | Rabiussoni | Jumodilavval | Jumodissoni | Rajab | Shaʼbon | Ramazon | Shavvol | Zulqaʼda | Zulhijja

  1. „Ro‘za tutishning tibbiy foydalari“.