Odam Ato

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Odam Ato Ibrohimiy dinlarda Xudo tarafidan yaratilgan birinchi insondir. Diniy adabiy qahramondir. Ibrohimiy dinlarning har birida Odam Atoning hikoyasi bir biridan farq qilsa-da, asosi bir xildir.

Islom dinida Odam[tahrir]

Musulmonlar Odam birinchi yaratilgan inson va paygʻambar ekanligiga ishonadilar. Islomning muqaddas kitobi Qur’onda Odam Ato haqida yetti boshqa-boshqa joylarda yozilgan.

Islomda Odamni tuproqdan yaratilganligiga va Olloh Odamga yagona aqilli jonzot boʻlgani uchun boshqa jonzotlarga oʻrgatmagan narsalarni unga oʻrgatganligiga ishoniladi. Olloh farishtalarga Odamga sajda qilishni buyuradi, lekin Iblis kibri tufayli unga sajda qilmaydi. Kibri sababli u Jannatdan haydaladi. Bazilar Iblisni isyonkor farishta boʻlganiga ishonsalarda, Qur’onda Keyf Surasi 50-oyatida Iblis farishta emas, balki jin ekanligi ifoda etilgan.

Odamga juft qilib birinchi ayol, Momo Havvo yaratiladi. Olloh ularga Jannatda bitta daraxtning mevasidan tashqari hamma mevalarni yeyishga ruhsat beradi. Bir kuni iblisga ishonib yeyish man qilingan mevani yeydilar. Bu itoatsizlik tufayli Olloh ularni Jannatdan haydaydi va Yer yuziga yuboradi. Yer yuzida koʻpayishadilar.

Islom madaniyatida katta ahamiyatga ega boʻlgan bu qissa keyinchalik bir qancha madaniy va diniy oqimlarning tasiri tufayli yanada afsonaviy va Qur’ondagida farqli tus oladi. Bugungi kunda bu qissaning koʻp bir biridan farqli variantlari bor.

Yahudiy dinida Odam[tahrir]

Yahudiylarga koʻra Odam borliqning yaratilishini oltinchi kunida tuproqdan yaratiladi. Birinchi bobda Erkak va Ayol birga yaratilgan deyiladi, ikkinchi bobda Ayolni Erkakning qovurgʻasidan yaratilgan deyiladi. Birinchi bobdagi ayolning ismi Lilith, ikkinchisida esa Havvo.

Masihiylik dinida Odam[tahrir]

Odam qissasi haqida Tavrotning Yaratilish boʻlimida soʻz yurutiladi. Masihiylikda Odamning Jannatda qilgan birinchi gunohi katta ahamiyatga ega. Odamning bu gunohi butun insoniyatga oʻtgan va Iso bu gunohni yoʻq qilish uchun kelgan Xudo Qoʻzisidir. O‘zini bu gunoh uchun fido etgan.

Fan va Odam Ato[tahrir]

1800-yillardan beri evolutsiya nazariyasi Darwinning inson birdaniga yaratilmagan, balki evolutsiya sababli hosil boʻlgan degan koʻrishlari tarafdori. Dunyoviy bilimda Odam faqatgina afsonaviy qahramon deb qabul qilingan. Bu qarashga qarshi chiqgan olimlar ham yoʻq emas. Diniy olimlar esa bu nazariyani turli xil yoʻllar va fikrlar bilan rad qilib kelmoqdalar.