Arab ota maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arab ota maqbarasi — Samarqand viloyati Tim qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik, mil. 977/8 (hijriy 367). Me’mori nomaʼlum. Poydevo-ri toshdan, devorlari chorsi gʻishtdan (23X23X4 sm) ganchxok bilan terilgan. Bi-noning umumiy tarhi murabba (560X560 sm). Usti gumbaz bilan yopilgan. Devor va gumbaz orasidagi 4 kunjak yirik muqarnas kosalar shaklida. Ustunlar naqshli. Bu bejirim ustunlar xonaga shinam va ulugʻvor koʻrinish beradi. Maqbaraning koʻrki uning mahobatli peshtoqidir. Gʻishtlar turli tartibda juftlab terilgan, choklar qatoriga ganchkori naqshlar kiritilgan. Peshtoq poyalarida kufiy yozuvlari bor. Ravoq tepasidagi uch mehrobsimon tokchalar mayda naqshlar bilan bezalgan. Arabota maqbarasi Movarounnahrda saqlanib qolgan eng qadimgi musulmon maqbaralaridan biri. Maqbara meʼmoriy tuzilishi jihatidan katta ahamiyatga ega. Uning peshtoki oʻsha davrda yaratilgan shu turdagi binolarning dastlabki yetuk namunasi boʻlib, 11 — 12-asrlar meʼmorligining rivojiga taʼsir etgan. Ad.: Zohidov P. Sh., Meʼmor sanʼati, T., 1978.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil