Anne Wojcicki
Anne Wojcicki | |
---|---|
Wojcicki 2017-yilda | |
Tavalludi |
28-iyul 1973-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Taʼlimi | Yale universiteti (bakalavr) |
Mashhur ishlari | 23andMe hammuassisi va bosh direktori |
Turmush oʻrtogʻi |
Sergey Brin (turm. 2007; ajr. 2015) |
Bolalari | 3[1] |
Otasi | Stanley Wojcicki |
Onasi | Esther Wojcicki |
Qarindoshlari |
|
Anne E. Wojcicki (familiyasining talaffuzi: [/wuːˈtʃɪtski/ woo-CHITS-kee][2]; oʻzbekcha talaffuzi: Enn Vodjitski; 1973-yil 28-iyulda tugʻilgan) – amerikalik tadbirkor, 23andMe shaxsiy genomika kompaniyasining hammuassisi va bosh direktori. U kompaniyaga 2006-yilda Linda Avey va Paul Cusenza bilan birga asos solgan. Wojcicki Breakthrough Prize hammuassisi va boshqaruv kengashi aʼzosi hamdir.
Yoshligi va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wojcicki 1973-yil 28-iyulda Kaliforniyaning Palo Alto shahrida tugʻilgan va ikkita katta opasi bor – YouTubening sobiq bosh direktori Susan Wojcicki[3] hamda antropolog va epidemiolog Janet Wojcicki[4]. Uning onasi tomonidan bobosi va buvisi rus yahudiy muhojirlari edi. Onasi Esther Wojcicki (qizlik familiyasi: Hochman) – oʻqituvchi va jurnalist, otasi Stanley Wojcicki Stanford universitetining fizika professori. Uch opa-singil Stanford kampusida oʻsgan[3]. Oʻn toʻrt yoshida Anne Wojcicki figurali uchishni oʻrgandi va keyinchalik xokkey oʻynashni boshladi[5].
Wojcicki Palo Alto shahridagi Gunn yuqori maktabida oʻqigan, u yerda The Oracle nomli maktab gazetasi muharriri boʻlgan va oʻzining sport hikoyalari uchun stipendiya yutib olgan[4][6]. U 1996-yilda Yale universitetida biologiya fanlari bakalavri mutaxassisligini oldi. Oʻz vaqtida Wojcicki u yerda universitetning ayollar xokkey jamoasida oʻynagan[7][8][9]. U Milliy sogʻliqni saqlash institutlarida va San-Diegodagi Kaliforniya universitetida molekulyar biologiya boʻyicha tadqiqotlar olib bordi[6].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻqishni tamomlagandan soʻng, Wojcicki San-Fransiskoda joylashgan Passport Capital investitsiya fondida[6] va Investor ABda[5] sogʻliqni saqlash boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan. U toʻrt yil davomida sogʻliqni saqlash sohasidagi sarmoya tahlilchisi boʻlib[7], sogʻliqni saqlashga qilingan investitsiyalarni nazorat qilgan va biotexnologiya kompaniyalariga eʼtibor qaratgan. Wall Street madaniyati va uning sogʻliqni saqlashga boʻlgan munosabatidan hafsalasi pir boʻlgan Wojcicki tibbiyot maktabiga kirish testini ishlashdan voz kechishga qaror qildi[10] va uning oʻrniga biologik tadqiqotlarga eʼtibor qaratishga qaror qildi[5].
Wojcicki isteʼmolchilarga nasl-nasabi va sogʻligʻi uchun xavflarni tekshirish hamda isteʼmolchiga toʻgʻridan-toʻgʻri DNK testini oʻtkazishga imkon beruvchi 23andMe kompaniyasining hammuassisi va bosh direktori[7][11]. U 2006-yilda Linda Avey va Paul Cusenza bilan birgalikda oddiy odamlarning genetik maʼlumotlariga kira olishini taʼminlash maqsadida kompaniyaga asos solgan, bu esa ularga kasalliklar yoki ularni davolash usullari haqida maʼlumot berishi mumkin. Kompaniyaga asos solishda, ayniqsa GSK plc va uning 300 million dollarlik sarmoyasi katta yordam bergan[11][12]. Wojcicki DNK testi yordamida „sogʻliqni saqlash sohasida inqilob qilishga“ qiziqishini bildirdi, chunki u isteʼmolchilarga potensial genetik kasalliklarni bashorat qilish uchun yetarli maʼlumot berishi mumkin[11].
Isteʼmolchilar nasl-nasabi, salomatligi va genetik xususiyatlari haqida maʼlumot beruvchi test toʻplamlarini sotib olishlari mumkin. Kompaniya xaridorlar tomonidan pochta orqali yuboriladigan tupuk namunalarini oladi, genetik maʼlumotlarni qayta ishlaydi va natijalarni xaridor koʻrishi uchun internetga joylashtiradi[13].
Kompaniya oddiy inson hujayrasidagi 23 juft xromosoma sharafiga nomlangan. Kompaniyaning shaxsiy genom test toʻplami 2008-yilda Time jurnali tomonidan „Yil ixtirosi“ deb topildi[14] . 2015-yildan boshlab, Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi 23andMening sogʻliq bilan bogʻliq, jumladan, mukovitsidoz, oʻroqsimon hujayrali anemiya, ayrim saraton turlari, Alzheimer, Parkinson va seliakiya kasalligi xavfini tasdiqlaydigan testlarni oʻtkazishiga ruxsat bera boshladi[15][16]. 2018-yilda 23andMe yangi dori vositalarini ishlab chiqish uchun GlaxoSmithKline plc bilan toʻrt yillik hamkorlikka kirishdi[17][11].
Wojcicki Xconomy texnologiya yangiliklari va media kompaniyasining muharrir maslahatchilaridan iborat maxsus guruhi boʻlgan Xconomists aʼzosi[18]. 2013-yil oktyabr oyida Fast Company jurnali Wojcickini „Eng jasur bosh direktor“ deb eʼlon qildi[5][19]. U Breakthrough Prize hammuassisi va boshqaruv kengashi aʼzosi hamdir[20]. 2020-yil holatiga koʻra, Wojcicki Forbesning „Dunyoning 100 ta eng kuchli ayoli“ roʻyxatida 93-oʻrinni egallagan[21]. 2021-yil avgust oyida Wojcicki Cazoo boshqaruv kengashiga qoʻshildi[22]. Shuningdek, oʻsha yili Forbes uni „oʻz mehnati bilan milliarderga aylangan yangi inson“ deb atadi[23].
Taxminan 2005-yilda Wojcicki va uning oʻsha paytdagi turmush oʻrtogʻi Sergey Brin Kaliforniyaning Los Altos shahri markazidagi oʻnlab tijorat mulklarining kamida yarmini sotib olishgan[24]. Passerelle Investment Company nomi ostida ular shahar markazidagi biznes okrugida tadbirlar va shaharsozlik tashabbuslariga homiylik qilishdi. 2016-yilda firma nomi Los Altos Community Investments deb oʻzgartirildi va koʻchmas mulk tijoratini rivojlantirishga koʻproq eʼtibor qaratildi. 2021-yilda Los Altos Community Investments Los Altos shahar markazida State Street Market deb nomlangan oziq-ovqat markazini ochdi[25].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wojcicki 2007-yil may oyida Google asoschilaridan biri Sergey Bringa turmushga chiqdi[7]. Ularning 2008-yilda tugʻilgan oʻgʻli va 2011-yil oxirida tugʻilgan qizi bor[26]. Juftlik 2013-yilda ajralgan[27] va 2015-yilda qonunan ajrashgan[28]. Brin va Wojcicki birgalikda Brin Wojcicki fondini boshqaradi[29]. Ular Michael J. Fox jamgʻarmasiga koʻp miqdorda xayriya qilganlar va 2009-yilda Ibroniy immigratsion yordam jamiyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 1 million dollar ajratganlar[30]. Wojcicki 2022-yilda The Giving Pledge tashkilotiga qoʻshildi va boyligining katta qismini xayriya qilishga ahd qildi[31]. 2019-yil iyul oyida Wojcicki sperma donorligi orqali uchinchi farzandini, qizini dunyoga keltirdi[32][33].
Uning bobosi Franciszek Wojcicki Xalq partiyasi va Polsha Xalq partiyasi siyosatchisi boʻlib, 1947-yilgi Polsha qonunchilik saylovlarida deputat etib saylangan[34]. Buvisi Janina Wojcicka Hoskins Kongress kutubxonasida polshalik-amerikalik kutubxonachi boʻib ishlagan, u Qoʻshma Shtatlarda Polsha materiallarining eng katta kolleksiyasini yaratishga masʼul shaxs edi[35].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Who is Anne Wojcicki CEO of 23andMe and Ex-Wife of Sergey Brin, Biography, Age, Parents, Husband, New Baby, Children, Education, Foundation, Net Worth 2022, Instagram“ (2022-yil 25-iyul).
- ↑ „Elle X Klossy | Episode 1 | Anne Wojcicki Founder of 23andMe“. YouTube (2016-yil 9-fevral). 2020-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 Clifford, Catherine „How Anne and Susan Wojcicki's parents raised the founder of 23andMe and the CEO of YouTube“. CNBC (2018-yil 18-iyun). 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 4,0 4,1 Sellers, Patricia. „Before Google, the Wojcicki girls learned from Mom“ (2012-yil 1-fevral). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-oktyabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 Murphy, Elizabeth (October 14, 2013). „Inside 23andMe Founder Anne Wojcicki's $99 DNA Revolution“. The Fast Company. October 3, 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: October 4, 2014.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Duke, Scott. „Google co-founder Sergey Brin gets hitched in the Bahamas“ (2007-yil 16-may). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-oktyabr.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Hafner, Katie. „Silicon Valley Wide-Eyed Over a Bride“ (2007-yil 29-may). 2012-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-iyul. „Anne Wojcicki, the 33-year-old former health care investment analyst who this month married a handsome young computer scientist..“.
- ↑ „100 Marathons' Worth of Miles Awaits Sam Fox '09 in Charitable Effort for Parkinson's“ (2011-yil 4-avgust). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-oktyabr.
- ↑ 23andMe. „board members“. 2012-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-oktyabr.
- ↑ Cha, Ariana Eunjung. „23andMe co-founder Anne Wojcicki's Washington charm offensive“ (2014-yil 27-iyun). 2014-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-oktyabr.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 „Glaxo invests $300m in 23andMe to use its genomic data for research - BioNews“. www.bionews.org.uk (2018-yil 27-iyul). 2019-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
- ↑ 23andMe. „corporate info“. 2012-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-oktyabr.
- ↑ 23andMe „DNA Genetic Testing & Analysis - 23andMe“ (en-us). www.23andme.com. 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
- ↑ Hamilton, Anita. „Best Inventions of 2008“. Content Time (2008-yil 29-oktyabr). 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-yanvar.
- ↑ Silverberg, David. „Good genes? The sisters who put the rest of us to shame“ (en-GB) (2018-yil 3-dekabr). 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
- ↑ Johnson, Eric „23andMe CEO Anne Wojcicki says 'one of our biggest competitors' is fake science on sites like Goop“. Recode (2018-yil 20-oktyabr). 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
- ↑ Herper, Matthew „23andMe Gets $300 Million Boost From GlaxoSmithKline To Develop New Drugs“ (en). Forbes. 2019-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
- ↑ „About Our Mission, Team, and Editorial Ethics“ (en-US). Xconomy. 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-yanvar.
- ↑ 23andMe. „CEO Anne Wojcicki named "The Most Daring CEO in America" by @FastCompany Read the cover story“. Twitter (2013-yil 19-oktyabr). 2015-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Breakthrough Prize – Board“. breakthroughprize.org. 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
- ↑ „The World's 100 Most Powerful Women“. Forbes. 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-dekabr.
- ↑ Jones, Callum. „Cazoo accelerates on market debut“. The Times (2021-yil 28-avgust). Qaraldi: 2021-yil 29-oktyabr.
- ↑ Rosenbaum, Leah. „23andMe’s Anne Wojcicki Becomes Newest Self-Made Billionaire After SPAC Deal With Sir Richard Branson“. Forbes (2021-yil 17-iyun).
- ↑ „Wife of Google co-founder acknowledges role in downtown Los Altos remake“ (en-US). The Mercury News (2014-yil 17-iyul). Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
- ↑ Kadvany, Elena „What to know about the Peninsula's splashy new food hall, opening today“ (en-US). San Francisco Chronicle (2021-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
- ↑ Welch, Liz (May 29, 2012). "The Way I Work: Anne Wojcicki, 23andMe". Inc.. http://www.inc.com/magazine/201206/liz-welch/the-way-i-work-anne-wojcicki-23andme.html. Qaraldi: March 9, 2013.Anne Wojcicki]]
- ↑ Gannes, Liz. „Google Co-Founder Sergey Brin and 23andMe Co-Founder Anne Wojcicki Have Split“ (2013-yil 28-avgust). 2013-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-sentyabr.
- ↑ Lorenzetti, Laura (June 24, 2015). "Google's Sergey Brin and 23andMe's Anne Wojcicki legally divorced". Fortune. https://fortune.com/2015/06/24/google-sergey-brin-anne-wojcicki-divorce/. Qaraldi: June 25, 2015.Anne Wojcicki]]
- ↑ „Dynamodata“. 2013-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Strom, Stephanie. „Billionaire Aids Charity That Aided Him“. The New York Times (2009-yil 24-oktyabr). 2018-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-sentyabr.
- ↑ Why have only 5 billionaires signed up for the Giving Pledge this year? South China Morning Post October 30, 2022.
- ↑ Thomson, Alice. „Anne Wojcicki interview: how the gene queen chose her sperm donor“. The Times (2020-yil 27-yanvar).
- ↑ Hartmans, Avery; Biron, Bethany; Varanasi, Lakshmi „Meet Anne Wojcicki: the sister of departing YouTube CEO, Susan Wojcicki, and a self-made multimillionaire who founded the genetic testing giant 23andMe“. Business Insider (2023-yil 18-fevral).
- ↑ „Oficjalna strona Prezydenta Rzeczypospolitej Polskiej / Aktualności / Wydarzenia / Prezydent spotkał się z prezes YouTube“. www.prezydent.pl (2017-yil 28-mart). 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
- ↑ Zalewski, Wojciech (October 1, 2011). "Janina Wójcicka Hoskins (1912–1996): Portrait of an Esteemed Librarian". Slavic & East European Information Resources 12 (4): 224–236. doi:10.1080/15228886.2011.623117. ISSN 1522-8886.