Andrea Bocelli
Andrea Bocelli | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
28-sentyabr 1958-yil |
Fuqaroligi | Italiya |
Bolalari | 3 |
Janr | opera, klassik krossover, pop-musiqa |
Faoliyat yillari | 1992-yildan hozirgacha |
Veb-sayt | andreabocelli.com |
Andrea Bocelli (oʻzbekcha: Andrea Bochelli, 1958-yil 22-sentyabr, Lajatico, Toskana, Italiya) — italyan qoʻshiqchisi, klassik va pop musiqa ijrochisi. Opera musiqasini ommalashtiruvchi sanʼatkorlardan biri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andrea Bocelli Piza shahri yaqinidagi Lajatico qishlogʻida (Toskana viloyati) tugʻilgan. Bocellining bolalik yillari ota-onasining fermasida oʻtadi, u yoshligidan pianino, nay hamda saksofon chalishni oʻrgana boshlaydi.
Qoʻshiqchi bolaligidan glaukoma tufayli koʻrish bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekadi, 27 marta amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlaridan soʻng 12 yoshida, futbol vaqtida boshiga toʻp tegib, butunlay koʻzi ojiz boʻlib qoldi.
Oʻsmirlik davrida Andrea vokal tanlovlarida bir necha marta gʻolib chiqdi va maktab xorida yakkaxon ijrochi ham boʻlgan. Maktabni tugatgandan soʻng, u Piza universitetining yuridik fakultetini yakunlab, huquqshunoslik diplomini olgan.
Opera musiqasiga mehr qoʻygan Bocelli uchun uning hayotdagi orzusi va maqsadi buyuk tenor boʻlib yetishish istagi edi. Yigitni Franko Corelli oʻziga shogird etib oladi. Bu Andrea oʻz orzusi ortidan kelgan Turinda sodir boʻldi. Shundan soʻng u huquqshunoslik faoliyatini yakunladi. Shunday qilib, yosh tenor kunduzi jiddiy vokal mashgʻulotlarini boshladi, kechasi esa restoranlarda chiqish qilib, kun kechirdi.
1992-yil yosh tenor uchun hal qiluvchi yil boʻldi. Andrea italiyalik rok yulduzi Zuccheroning tinglov imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Qoʻshiqning demo yozuvi Luciano Pavarottigacha yetib boradi. 1994-yilda Bocelli San-Remo musiqa festivalida muvaffaqiyatli debyut qildi. Sentyabr oyida Pavarotti shaxsan oʻzi yosh tenorni ona shahri Modenadagi konsert dasturida ishtirok etishga taklif qildi. Xuddi shu yili, Rojdestvo arafasida Andrea Bocelli Papa bilan gaplashish sharafiga muyassar boʻldi.
1995-yilda Andrea koʻplab Yevropa mamlakatlarida, poytaxt va yirik shaharlarida konsertlar berdi. Uning ovozi Germaniya, Hollandiya, Ispaniya, Fransiya va Belgiyada jarang sochdi. U xor va simfonik orkestr qoʻllab-quvvatlovida, soʻng Bryan Ferry va John Miles bilan birga qoʻshiq kuyladi. Uning shu davrdagi konsertlariga yarim millionga yaqin odam keldi.
Andrea Bocelli nafaqat opera qoʻshiqchisi, balki estrada xonandasi ham sanaladi, u „Bocelli“ albomini chiqarganidan koʻp oʻtmay, tezda Germaniya, Belgiya, Italiya va Fransiya chartlarining yetakchi pogʻonalarini zabt eta oldi. Ushbu albom turli mamlakatlarda koʻp marta platina albomiga aylandi. Uning uchinchi „Romanza“ albomi, xuddi oldingi ikkisi kabi, keng qiziqish va katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Endi Andrea Bocelli butun dunyo boʻylab shuhrat qozona boshladi. Andrea Bocelli alohida dovrugʻ qozongan AQShda uning konsert chiptalari 250 dollardan 500 dollargacha koʻtarildi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andrea boʻlajak rafiqasi Enrica Cenzatti bilan 1987-yilda tanishdi. 1992-yil 27-iyun sanasida ular turmush qurdilar. 1995-yil 25-fevralda toʻngʻich farzandi Amos, 1997-yilning 8-oktyabrida ikkinchi oʻgʻli Matteo tugʻildi.
Turmush oʻrtogʻining deyarli doimo uyda boʻlmaganligi sababli Enrica ajrim uchun ariza beradi (ajrim faqatgina davlat organlaridagi rasmiy nikoh uchun berilgan, katolik nikohini bekor qilish uchun emas) va 2002-yildagina uning arizasini qanoatlantirildi.
2002-yilda Andrea oʻzining hozirgi rafiqasi Veronica Bertini uchratadi, italiyalik bariton Ivano Bertining qizi, ayni vaqtda Bocellining impresariosi ham hisoblanadi. 2012-yil mart oyida ularning qizi Virginia dunyoga keldi. U Veronicaning birinchi, Andreaning esa uchinchi farzandidir.
Andrea Bocelli Oʻzbekistonda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Italiyalik tenor 2017-yil 8-iyunda "Istiqlol" sanʼat saroyida katta konsert bergan. Ushbu konsertda Andrea Bocelli boshqa bir italyan opera va estrada qoʻshiqchisi Alessandro Safina bilan birga „O Sole Mio“ neapolitan qoʻshigʻini kuylagan[1].
Diskografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Studiya albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1994-yil: Il Mare Calmo della Sera
- 1995-yil: Bocelli
- 1997-yil: Viaggio Italiano
- 1998-yil: Aria — the opera album
- 1999-yil: Sogno
- 1999-yil: Arie sacre
- 2000-yil: Verdi
- 2001-yil: Cieli di Toscana
- 2002-yil: Sentimento
- 2004-yil: Andrea
- 2006-yil: Amore
- 2008-yil: Incanto
- 2009-yil: My Christmas
- 2011-yil: Notte Illuminata
- 2013-yil: Passione
- 2015-yil: Cinema
- 2018-yil: Sì
- 2020-yil: Believe
Konsert albomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2007-yil: Under The Desert Sky
- 2007-yil: Vivere. Live in Tuscany
- 2009-yil: My Christmas Special
- 2011-yil: Concerto: One Night in Central Park
- 2013-yil: Love in Portofino
- 2016-yil: Cinema
Kompilyatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1997-yil: Romanza
- 2007-yil: The Best of Andrea Bocelli: Vivere
- 2010-yil: Carmen: Duets & Arias
- 2012-yil: Opera
Albomlardagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1997-yil: A Hymn for the World
- 1998-yil: A Hymn for the World 2 (Voices From Heaven)
- 2000-yil: Requiem (Verdi)'
Operalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1995-yil — „Bogemiya“ (J. Puccini), dirijyor Zubin Meta (Rodolf)[2]
- 2001-yil — „Toska“ (J. Puccini), dirijyor Zubin Meta (Kavaradossi)[2]
- 2003-yil — Il trovatore (Verdi), dirijyor Stiven Merkurio (Manriko)[2]
- 2004-yil — „Verter“ (Massen), dirijyor Iv Abel (Verter)[2]
- 2005-yil — „Karmen“ (Bize), dirijyor Chung Myung Hoon[2]
- 2006-yil — Pagliacci (Leonkavallo), dirijyor Stiven Merkurio (Kanio)[2]
- 2006-yil — „Qishloq sharafi“ (Mascagni), dirijyor Stiven Merkurio (Turiddu)[2]
- 2010-yil — „Andre Chénier“ (Jordano), dirijyor Marko Armigliato (Andre Chenier)
Singllar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Duetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1995: „Vivo per lei“ (Giorgia bilan)
- 1996: „Vivo per lei/Vivo por ella“ (Marta Sánchez bilan)
- 1996: „Con te partirò/Time to Say Goodbye“ (Sarah Brightman bilan)
- 1997: „Vivo per lei/Ich lebe für sie“ (Judy Weiss bilan)
- 1997: „Vivo per lei/Je vis pour elle“ (Helen Segara bilan)
- 1997: „Musica è“ (Eros Ramazotti bilan)
- 1999: „The Prayer“ (Celine Dion bilan)
- 1999: „Nel cuore lei“ (Eros Ramazotti bilan)
- 2001: „L’Abitudine“ (Helen Hellwig bilan)
- 2004: „Con te partiro“ (Gregory Lemarchal bilan)
- 2006: „Somos Novios (Itʼs Impossible)“ (Christina Aguilera bilan)
- 2006: „Because We Believe“ (Marco Borsato bilan)
- 2006: „Ama credi e vai“ (Gianna Nannini bilan)
- 2006: „Canzoni Stonate“ (Stevie Wonder bilan)
- 2007: „Dare to live“ (Laura Pausini bilan)
- 2008: „Vive Ya“ (Laura Pausini bilan)
- 2009: „What Child Is This“ (Mary Jay Blidge bilan)
- 2010: „Bridge over Troubled Water“ (Mary Jay bilan)
- 2015: „E Piu Ti Penso“ (Ariana Grande bilan)
- 2017: „Perfect“ (Ed Sheeran bilan)
- 2018: „If Only“ (Dua Lipa bilan)
- 2021: „Canto della terra“ (Tina Carol bilan)
Yakkaxon
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1994: „Il mare calmo della sera“
- 1995: „Con te partirò“/"Vivere"
- 1995: „Macchine da guerra“
- 1995: „Per amore“
- 1999: „Ave Maria“
- 1999: „Canto della Terra“
- 2001: „Melodramma“
- 2001: „Mille Lune Mille Onde“
- 2004: „Dell’amore non si sa“
- 2004: „Un nuovo giorno“
- 2009: „White Christmas/Bianco Natale“
CD/DVD paketlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1998: A Night in Tuscany
- 2000: Sacred Arias: The Home Video
- 2002: Tuscan Skies (Cieli di Toscana)
- 2006: Credo: John Paul II
- 2006: Under the Desert Sky
- 2008: Vivere Live in Tuscany
- 2008: Incanto The Documentary
- 2009: My Christmas Special
- 2011: Concerto. One Night in Central Park
- 2013: Love in Portofino
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ ordenining buyuk ofitseri (2006-yil 6-fevral)[3]
- Jahon sanʼati va madaniyatiga qoʻshgan hissasi uchun Dominikan Respublikasi Prezidenti Leonel Fernandesning „Merit of Duarte, Sanchez and Mella“ ordeni bilan taqdirlangan (2009-yil)[4]
- Teatr sanʼatiga (opera) qoʻshgan hissasi uchun „Hollywood shon-shuhrat xiyoboni“dagi yulduz bilan taqdirlangan (2010-yil 2-mart)[5]
- „Inson markazi“ va „Maʼnaviyat maktabi“ asoschisi Pier Franco Marcenaro Andrea Bocelliga ruhni yuksaltirgani, odamlarni irq, millat va eʼtiqodidan qatʼi nazar birlashtirgan ijodi uchun Sanʼat, fan va tinchlik mukofotini topshirdi (2015-yil)[6]
Kitoblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bocelli, Andrea. The Music of Silence: A Memoir. — ISBN 10: 0060936983
Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bocellining „La musica del silenzio“ (oʻzbekcha: „Jimjitlik musiqasi“) kitobi asosida shu nomdagi badiiy film suratga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://myday.uz/koncerti-shou/obzor-koncert-andrea-bochelli
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Baza dannix operaclass.com
- ↑ Grande Ufficiale Ordine al Merito della Repubblica Italiana Sig. Andrea Bocelli(ital.)
- ↑ Bocelli honered by the Dominican government
- ↑ https://walkoffame.com/andrea-bocelli/
- ↑ https://centrodelluomo.org/storia/