Luciano Pavarotti
Luciano Pavarotti | |
---|---|
Luciano Pavarotti Sankt-Peterburg 300-yilligi yubileyida (31-may, 2003). | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
12-oktabr, 1935 |
Vafoti |
6-sentyabr, 2007 Modena, Italiya |
Fuqaroligi | Italiya |
Turmush oʻrtogʻi | Adua Veroni va Nicoletta Mantovani |
Janr | Opera |
Amplua | Opera qoʻshiqchisi (tenor) |
Faoliyat yillari | 1961–2006 |
Veb-sayt | www.lucianopavarotti.com |
Luciano Pavarotti (talaffuzi Luchano Pavarotti; 12-oktabr, 1945 – 6-sentyabr, 2007) italyan tenori va opera vokalchisi boʻlgan. Plácido Domingo va José Carreras bilan birgalikda Uch Tenor triosi aʼzosi edi. Qizil Xoch tashkilotiga yordam tariqasida konsertlar uyushtirgan.
Pavarotti oʻz karyerasini Yevropadagi opera teatrlarida boshlagan, biroq soprano Joan Sutherland bilan uchrashmaguncha keng miqyosli xalqaro turnelar uyushtirmagan. 1977-yildan Pavarotti dunyo boʻylab mashhur boʻlib ketdi.
Pavarotti opera olamidan ommaviy madaniyatga 1990-yilgi FIFA Jahon Kubogida (Italiya) aytgan ashulasidan soʻng tanildi. Oʻshanda ilk bora Uch Tenor triosi paydo boʻlgandi. Pavarotti opera va pop-madaniyat orasida duetlar uyushtirgan (masalan, Bono bilan).
2006-yilning iyulida unga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qoʻyildi. U shu kasallikdan soʻng oʻz faoliyatini toʻxtatib, bir yildan koʻproq yashadi va 2007-yilning 6-sentyabrida vafot etdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]