Bize Jorj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BIZE (Bizet) Jorj (1838.25.10, Parij — 1875.3.6, Bujival) — fransuz kompozitori. Parij konservatoriyasini tamomlagan (1857). Operetta, kantata, xor, kamervokal va fortepiano musiqasi, simfoniya va orkestr syuitasi, komik va lirik operalar va boshqa janrlarda ijod qilgan. B. fransuz mumtoz musiqasi anʼanalari bilan boshqa xalqlar folklorining jonli ohanglarini chambarchas bogʻlab, oʻziga xos uslub yaratgan. Sharq mavzusiga bagʻishlangan "Marvarid izlovchilar" (1863), "Pert goʻzali" (1866), arab xalq kuylaridan ijodiy foydalanib yozilgan "Jamila" (1872) operasi, "Arlezian qizi" spektakliga yozgan musiqalari mashhur. Optimistik fojia harakteriga ega boʻlgan "Karmen" operasi (1974, P. Merime novellasi asosida) B. ijodining hamda fransuz realistik operasining choʻqqisidir. B. kuylaridan foydalanib, rus kompozitori R. Shchedrin mashhur "Karmensyuita" baletini (1967, A. Alonso librettosi) yaratgan. B.ning "Karmen" va "Marvarid izlovchilar" operalari Navoiy nomidagi Katta akademik opera va balet teatrida sahnalashtirilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil