Christina Aguilera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Christina Aguilera

Aguilera 2019-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Christina María Aguilera
18-dekabr 1980-yil (1980-12-18) (43 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
Leybl
  • RCA
  • Legacy
Turmush oʻrtogʻi
Jordan Bratman
(turm. 2005; ajr. 2011)
Janr
Faoliyat yillari 1992 – hozirgacha
Veb-sayt christinaaguilera.com

Christina María Aguilera (talaffuzi: Kristína Mariya Agilera; 1980-yil 18-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, aktrisa va teleboshlovchidir. „Voice of a Generation“ („Avlod ovozi“) deb nom olgan Aguilera 1990-yillarning oxirida teen popni qayta jonlantirishga mas’ul boʻlgan artistlardan biri oʻlaroq eʼtirof etildi. Aguilera oʻzining vokal qobiliyatidan jinsiy aloqa, feminizm va oiladagi zoʻravonlik kabi mavzularni muhokama qilish uchun foydalandi. U, shuningdek, tez-tez oʻz imidjini qayta kashf etdi, oʻzining behayo va noanʼanaviy koʻrinishi ortidan tanildi. Uning ashulalari ommaviy axborot vositalarida xush qarshilandi va koʻplab bahslarga sabab boʻldi.

New York shahrida tugʻilib, Pennsylvaniada ulgʻaygan Aguilera faoliyatini ilk bor bolalar aktrisasi oʻlaroq boshladi va 1990-yillarda koʻplab teledasturlarda koʻrinish berdi. 1999-yilda RCA Records studiyasi bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, u aktrisalikdan pop musiqaga oʻtdi va shu yili oʻzining ismi bilan nomlangan albomini chiqardi. Albomdagi uch ashula — „Genie in a Bottle“, „What a Girl Wants“ va „Come On Over Baby (All I Want Is You)“ Billboard Hot 100da birinchi raqamni egallashdi, hatto buning ortidan Aguilera bubblegum pop artisti sifatida tanildi. Aguilera 2002-yilda karyerasini oʻzgartiruvchi albom — Strippedni chiqardi; albomdagi „Dirrty“ ashulasi uchun tasvirga olingan musiqiy video Aguileraning seksualligini kashf etilishi borasida koʻplab bahslarga yoʻl ochdi va bu uni oʻsmirlar idoli imidjini yoʻqotishiga olib keldi. Shunday boʻlsa-da, albomning „Beautiful“, „Fighter“ va „Canʼt Hold Us Down“ singllari koʻplab mamlakatlar musiqiy chartlarida yuqori oʻntalikdan oʻrin oldi hamda Aguilera 2003-yilning eng muvaffaqiyatli ayol artisti oʻlaroq qayd etildi.

Aguilera ashula ijro etmoqda (Sanremo musiqiy festivali, 2006).

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnelari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Christina Aguilera in Concert (2000—2001)
  • Justified & Stripped Tour (2003) (Justin Timberlake bilan)
  • The Stripped Tour (2003)
  • Back to Basics Tour (2006—2007)
  • Liberation Tour (2018)
  • The X Tour (2019)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]