Dua Lipa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Dua Lipa

Lipa 2022-yilning mayida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 22-avgust 1995-yil (1995-08-22) (26 yosh)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Kasbi
Leybl
  • Warner
  • Urban
Janr
Faoliyat yillari 2014 – hozirgacha
Sayt dualipa.com
Imzo
Dua Lipa (nënshkrim).svg

Dua Lipa (1995-yil 22-avgustda tugʻilgan) ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavisi va modelidir. Lipa koʻplab yutuqlarga, jumladan olti marta Brit, uch marta Grammy, ikki marta MTV Europe Music Awards, bir marta MTV Video Music Award, ikki marta Billboard Music Awards, bir marta American Music Awardga sazovor boʻlgan, ikki marta Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.

Model oʻlaroq faoliyatidan soʻng, u 2014-yilda Warner Bros. Records studiyasi bilan shartnoma imzoladi hamda 2017-yilda eponimik debyut albomini chiqardi. Albom UK Albums Chartda uchinchi pogʻonaga koʻtarildi. Albomga kiritilgan yetti singldan ikkitasi — „Be the One“ va „IDGAF“ singllari UK Singles Chart hit-paradida yuqori pogʻonalardan oʻrin oldi. Albomdagi „New Rules“ singli Buyuk Britaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga, AQSh hit-paradlarida esa oltinchi pogʻonaga koʻtarildi. Albom umumjahon boʻylab koʻplab mamlakatlarda platina sertifikatini oldi hamda 2018-yilda Lipaga ikkita Brit mukofotini keltirdi.

Uning 2018-yilda Calvin Harris bilan birgalikda ijro etgan „One Kiss“ ashulasi Buyuk Britaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarildi va mamlakatda shu yil eng uzoq vaqt birinchi oʻrinda qolgan singlni ijro etgan ayol artistga aylandi, hatto buning uchun 2019-yilda „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasida Britga sazovor boʻldi. 2019-yilda u „Eng yaxshi yangi artist“ va „Eng yaxshi raqs qaydi“ (Silk City bilan birgalikda ijro etilgan „Electricity“ ashulasi uchun) nominatsiyalarida Grammy mukofotiga loyiq koʻrildi. Shu yilning oxirida, Lipa ikkinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq „Don't Start Now“ ashulasini omma eʼtiboriga taqdim etdi. AQSh va Buyuk Biritaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga, AQShning yil oxiridagi hit-paradlarida esa toʻrtinchi pogʻonaga koʻtarilgan ushbu qoʻshiq 2020-yilda AQShda ayol xonanda ijrosidagi tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli boʻlgan ashula boʻldi. Uning keyingi singllari boʻlmish „Levitating“, „Physical“ va „Break My Heart“ ashulalari ham hit-paradlarda yuqori oʻntalik safiga kirdi.

Lipaning 2020-yilda chiqarilgan ikkinchi studiyaviy albomi — Future Nostalgia tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Albom „Yil albomi“, „Yil yozuvi (zapisi)“ va „Yil qoʻshigʻi“ kabi nominatsiyalarni oʻz ichiga olgan oltita Grammy mukofotlariga nomzod boʻldi va bu albom Lipaning Buyuk Britaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan ilk albomi boʻldi. Albom 2021-yilgi Britni topshirish marosimida Britan ayol solo artisti va Yil albomi mukofotlarini qozonishida Lipaga yordam berdi. U koʻplab yutuqlarga, jumladan Time 100 Next roʻyxati (2021) dan oʻrin olishga sazovor boʻlgan.

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnelari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hotter Than Hell Tour (2016)
  • US and Europe Tour (2017)
  • The Self-Titled Tour (2017-2018)
  • Future Nostalgia Tour (2022)

Mukofot va nomzodliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Tashkilot Mukofot Nomzod oʻlaroq koʻrsatilgan ishi Natija
2016 BBC Sound of… 2016[1] Oʻzi Nominatsiya
MTV Europe Music Awards Best Push Act
Popjustice £20 Music Prize Best British Pop Single „Hotter Than Hell“
2017 Eurosonic Noorderslag European Border Breakers Awards: United Kingdom Oʻzi Yutuq
Public Choice Yutuq
Best Newcomer of the Year Yutuq
Brit Awards Critics' Choice Nominatsiya
NME Awards Eng yaxshi britan ayol artisti Nominatsiya
Eng yaxshi yangi artist Yutuq
SCTV Music Awards Young and Promising International Artist Yutuq
Glamour Awards Next Breakthrough Yutuq
Teen Choice Awards Choice Breakout Artist Nominatsiya
BBC Radio 1’s Teen Awards Eng yaxshi britan solo artisti Nominatsiya
Eng yaxshi singl „New Rules“ Yutuq
MTV Europe Music Awards Best UK & Ireland Act Oʻzi Nominatsiya
Best New Act Yutuq
Best Look Nominatsiya
Telehit Awards Emerging Artist in Networks Nominatsiya
UK Music Video Awards Best Pop Video — UK „New Rules“ Yutuq
VEVO Must See Award Nominatsiya
BAMA Music Awards BAMAʼs Best Video Nominatsiya
Urban Music Awards Best Pop Act Oʻzi Nominatsiya
BBC Music Awards Album of the Year Dua Lipa Nominatsiya
The Beano Awards Pop Song of the Year „New Rules“ Nominatsiya
2018 Wish 107.5 Music Awards Wishclusive Performance of the Year by an International Artist „Blow Your Mind (Mwah)“ Yutuq
Global Awards[2] Best Song „New Rules“ Nominatsiya
Best Female Oʻzi Nominatsiya
Rising Star Award Nominatsiya
Best Pop Nominatsiya
Brit Awards MasterCard British Album of the Year Dua Lipa Nominatsiya
British Breakthrough Act Oʻzi Yutuq
British Female Solo Artist Yutuq
British Single of the Year „New Rules“ Nominatsiya
British Video Andoza:Eliminated
Gaygalan Awards[3] International Song of the Year Nominatsiya
iHeartRadio Music Awards[4] Eng yaxshi musiqiy video Nominatsiya
WDM Radio Awards Best Bass Track „Scared to Be Lonely“
(Martin Garrix bilan birgalikda)
Yutuq
Eng yaxshi vokalist Oʻzi Yutuq

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BBC Radio 1 - Dua Lipa talks dark pop and hip hop influences“. BBC (10-dekabr 2015-yil).
  2. „Global Awards Vote Open“. globalawards.com. Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
  3. „Dags att nominera till QX Gaygala 2018! – QX“. QX (1-dekabr 2017-yil).
  4. „2018 iHeartRadio Music Awards: See The Full List of Nominees“, iHeartRadio (10-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]