Andijon biokimyo zavodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Andijon biokimyo zavodi – yirik kimyo sanoati korxonasi. Andijon shahrida joylashgan. "O‘zkimyosanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi. Dondan rektifikatsiyalangan oziq-ovqat (etil) spirti ishlab chiqaradi. Respublikadagi oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va boshqa sano-at tarmoqlarini spirt bilan ta’minlaydi. Korxona 1953 yilda Andijon gidroliz zavodi sifatida tashkil etilgan va chigit shulxasi, sholi qobig‘idan texnik etil spirti, ozuqa achitqilari, ksilit, nitro-lignin va boshqa mahsulotlar ishlab chiqardi. 90-yillar boshidan atrof muhitga salbiy ta’sirini hisobga olib zavodning ishlab chiqarish yo‘nalishini o‘zgartirish ishlari boshlandi va 1994 yildan gidroliz sa-noati ishlab chiqarish quvvatlari to‘xtatildi. 1991–94 yillarda etil spirti ishlab chiqarish quvvatlari qurilib, korxonaning 1-navbati 1994 yildekabrda ishga tushirildi (loyiha quvvati yiliga 915 ming dal etil spir-ti). 1995 yil sentabrdan korxonaning (yillik loyiha quvvati 877 ming dal bo‘lgan) 2-navbati qurilishi boshlandi va 1999 yilda ishga tushirildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil