Andijon suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Andijon suv ombori Qirgʻizistonda

Andijon suv omboriAndijon viloyatida Qoradaryoda qurilgan gidrotexnika inshooti. Ko‘p yillik rejimda daryo suvini tartibga soladi. Irrigatsiya-energetika maqsadlariga mo‘ljallangan. Qurilish 1982 yilda nihoyasiga yetdi. Andijon suv ombori o. balandligi 121 m, uzunligi 1040 m bo‘lgan betonli katta kontrforeli to‘g‘on qurib hosil qilingan. Suv sig‘imi 1,9 mlrd. m3. Gidrouzel tarki-biga to‘g‘on, suv o‘tkazuvchi inshootlar va GES kiradi. Suv o‘tkazuvchi inshootlar favqulodda tosh-qinda 1700 m³/s gacha suv o‘tkazishga va umumiy suv sarfi 230 m³/s bo‘lgan irrigatsiya kanallariga oqizishga mo‘ljallangan. GES kanallarga tusha-yotgan suv hisobiga ishlaydi, 192 m³/s suv sarfiga mo‘ljallangan, quvvati 140 MVt. Andijon suv ombori o. suvi Farg‘ona vodiysida 273 ming ga yaqin maydonning suv taʼminotini yaxshilaydi, qo‘shimcha 35 ming ga yerni sug‘orish imkoniyatini beradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil