Andijon adirlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andijonsoy vodiysi Andijon adirlarida

Andijon adirlari (Beshboʻz adirlari) — Fargʻona vodiysining janubi-sharqidagi qirlar. Gʻarbda Shahrixonsoy va sharqda Andijonsoy oraligʻida. Mutlaq balandligi 700- 1000 m va undan ba-land. Nisbiy balandligi 200 — 400 m. Andijon adirlari yuqori neogen va toʻrtlamchi davr jinslari: konglomerat, gil, qumtosh, mergelli qumloq, shagʻal va boshqalardan tashkil topgan. Ayrim joylarda adirlarning tub jin-slari qalin lyossimon yotqiziqlar bilan qoplangan. Tuzilishi jihatidan adirlar qisqa antiklinal burmalardan iborat. Markaziy qismida baland koʻtarilgan qadimgi yuzalar mavjud, chekkalarida yoshroq yuzalar boʻlib, ular bir-birlaridan tik erozion yon bagʻirlar bilan ajralgan. Andijon adirlari ni quruq soy va jarlar boʻlib yuborgan. Qiya yon bagʻirlarida baʼzan tuproq qatlami butunlay yoʻq, ayrim joylarda tub jinslar yuzasi ochilib qolgan. Tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Asosan efemerlar oʻsadi, baʼzi yerlarida lalmi dehqonchilik qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil