Amundsen-Scott Janubiy Qutb stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amundsen-Scott Janubiy Qutb stansiyasi

Amundsen-Scott Janubiy Qutb stansiyasiYer Janubiy qutbida joylashgan AQSH ilmiy tadqiqot stansiyasi. Stansiyas AQSH yurisdiksiyasi (hokimiyati emas) ostidagi eng janubiy nuqtadir. Antarktida platosida joylashgan stansiyaning dengiz sathidan balandligi - 2,835 metr. Stansiya AQSH Milliy ilm-fan Fondi (National Science Foundation, NSF) qoshidagi Qutb dasturlari Boshqarmasi, aniqrog'i Qo'shma Shtatlar Antarktida dasturi (United States Antarctic Program, USAP) tomonidan yuritiladi. Stansiya 1900-yillar boshlarida Janubiy qutbni kashf qilish uchun bir-biri bilan raqobatlashgan ikki sayohatchi - norveg Roald Amundsen va britan Robert F. Scott nomlari bilan ataladi.

Dastlab Amundsen-Scott stansiyasi 1956-yil noyabr oyida AQSH Dengiz harbiy-floti Dengiz qurilish batalyonlari tomonidan AQSH Federal hukumati uchun qurilgan bo'lib, Stansiya AQSHning Xalqaro Geofizika Yilidagi o'z oldiga qo'lgan ilmiy maqsadlarini amalga oshirish vositasi sifatida xizmat qilgan. 1957-yil yanvaridan 1958-yil iyuniga qadar davom etgan tadqiqotlar davomida Yer sharining Qutblari geofizikasini o'rganilgan.

1956-yilga qadar Qutbda hech qanday inson qo'li bilan barpo etilgan, muqim struktura mavjud bo'lmagan va Antarktida ichkarisiga inson qadami yetmagan. Antarktidada mavjud bo'lgan oz sonli tadqiqot stansiyalari qit'a qirg'oqlarida yoki unga yaqin orollarda joylashgan. Stansiya tarixi davomida bir necha marta qayta qurilgan va qayta jihozlangan va bugungi kunga qadar o'z funksiyasini bajarib kelmoqda.

Stansiya yer yuzidagi Quyosh olti oy davomida botmaydigan va olti oy chiqmaydigan yagona inson istiqomat qiluvchi nuqtadir. Stansiyada har yili tahminan ikki kun, ya'ni teng kunliklarda sutkasiga quyosh chiqishi va botishi kuzatiladi. Ilmiy kuzatuvlar tilida ushbu olti-oylik muddatlar yagona uzun "kecha" va teng darajada uzun "kunduz" deb ataladi. Olti oylik "kun" davrida quyosh ufqdan sekinlik bilan ko'tariladi. Sentyabr tengkunligida quyosh ko'tarilishni boshlaydi va dekabr Quyosh turishi davrida (ya'ni Janubiy qutb uchun yozgi quyosh turishida) eng baland nuqtaga ko'tariladi va undan keyin pasayishni boshlab, mart tengkunligida yana qayta botadi.

Olti oylik qutb qishida havo harorati −73 °C dan pastga tushishi mumkin va qor bo'ronlari tez-tez sodir bo'ladi. Ushbu bo'ronlar va suronli ob-havoga qaramasdan, har yili 5 34 (5.75) oy davom etuvchi zimiston qorong'uligi tufaytli stansiya astronimik kuzatuvlar uchun ideal nuqtadir.

Amundsen-Scott stansiyasida tadqiqotlar o'tkazish uchun yuborilgan ilmiy jamoa va uning ta'minotiga javob beruvchi xodimlar soni o'zgarib turadi. Stansiyadagi yashovchilar soni Janubiy qutb yoz oylarida o'z cho'qqisiga yetib, oktyabr-fevral oylarida tahminan 150 taga chiqadi. So'nggi yillarda qish faslida stansiya istiqomatchilari tahminan 50 kishi atrofida bo'lmoqda.

Binolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki stansiya (1957-2010)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki qurilgan stansiya bugungi kunda "Eski Qutb" deb nomlanadi.

Eski stansiya kichik leytenant Richard Bowers boshqaruvi ostidagi AQSH Harbiy floti qurilish batalyoni tomonidan qurilgan bo'lib, 1956-yil 20-noyabrda sakkiz kishilik ilg'or jamoa hududga ikki Douglas C-47 Skytrain transport samolyotlari tomonidan olib borilgan. AQSH Harbiy havo kuchlarining 18-qo'mondonligi qurilish uchun zarur materiallar va anjomlarni havo orqali hududga tashlab ketgan edi. Binolar oldindan tayyorlangan 4x8 futlik modulyar panellardan barpo etilgan. Binolarning tashqi devorlari 10 sm qalinlikda bo'lib, ichki tomoni aluminiy bilan qoplangan. Tashqi yuzalar faner bilan qoplangan va oraliqqa shisha tolali qatlam joylangan. Binolardagi derazalar sifatida faqatgina yorug'lik kirishi uchun mo'ljallangan tomdagi derazalar xizmat qilgan va binolar bir-biriga tunnellar orqali bog'langan. So'nggi qurilish brigadasi hududni 1957-yil 4-fevralida tark etadi. Stansiyada birinchi qishni o'tkazgan kishilar Paul A. Siple boshchiligidagi sakkiz kishilik olimlar va kichik leytenant John Tuck qo'li ostidagi sakkiz harbiy dengiz floti askarlari edi.