Roald Amundsen
Roald Engelbregt Gravning Amundsen | |
---|---|
![]() Tadqiqotchi | |
Tavalludi |
16-iyul 1872-yil Borge, Norvegiya |
Vafoti |
18-iyun 1928-yil (55 yoshda) Byorne, Norvegiya |
Fuqaroligi | Norvegiya[1][2][3] |
Ota-onasi | Jens Amundsen |
Roald Amundsen (16-iyul, 1872 – 18-iyun, 1928) – norvegiyalik qutb sayohatchisi va tadqiqotchi. 1911-yil 14-dekabrda birinchi boʻlib Janubiy Qutbga yetgan.
Amundsen Rual (1872.16.7 – 1928) – norveg qutb sayyohi. Birinchi marta 1903 – 06 yillarda "Yoa" kemasida Shimoli-gʻarbiy dengiz yoʻli orqali Grenlandiyadan Alyaskaga oʻtdi. Kanada Arktikasidagi King-Vilyam o.da ikki yil davomida muhim geomagnit kuzatishlar oʻtkazdi. A. 1904-yil Butiya-Feliks yarim orolda Shimoliy magnit qutbini tekshirdi va shu atrofdagi 100 ga yaqin orollarni birinchi boʻlib haritaga tushirdi. 1911-yil "Fram" kemasida Antarktikaga eks-peditsiya uyushtirdi. Oʻsha yili 14 dekda tarixda birinchi boʻlib (R. Skottdan bir oy oldin) Janubiy qutbga yetib bordi va u yerdan qaytishda Qirolicha Mod togʻ tiz-masini (bal. 4500 m) kashf etdi. A. 1926-yil 12 – 13-mayda birinchi marta Arkti-ka ustidan "Norvegiya" dirijablida Shpitsbergen – Shimoliy qutb – Alyaska marshruta boʻyicha uchib oʻtdi. 1928-yilda Umberto Nobile ekspeditsiyasi halokatga uchragach, A. ekspeditsiyachilarga yordam koʻrsatish uchun 18-iyunda gidrosamolyotda uchib borayotganda u ham Barens dengizida halokatga uchrab bedarak yoʻqolgan. A. oʻz sayohatlari haqida bir necha asar yozgan. A.ning rus tilida: "Muz okeani ustidan 454uchib oʻtish" (L., 1927, L. Elsvort bilan birgalikda yozilgan), "Mod" kemasida Osiyoning shimoliy sohili boʻylab eks-peditsiya (1929), "Janubiy qutb" (1937), besh jildli asarlar toʻplami (L., 1936 – 39), "Mening hayotim" (M., 1959) va boshqa asarlari bosilib chiqqan. Antarktida yaqinidagi bir dengiz va Amerika qutb stansiyasi (Amundsen – Skott) hamda togʻ tizmasi, qoʻltiq, suv osti soyligi (Shimoliy Muz okeanida) A. nomiga qoʻyilgan.Ad.: Dyakonov M., Amundsen, M., 1937; Yakovlev A., Rual Amundsen, M., 1948.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
- ↑ — Т. 1. — С. 83.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)