Quyosh turishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Quyosh turishi - Quyosh gardishi markazining ekliptikaning eng shim. yoki eng jan. nuqtasidan oʻtish paytlari. Bu paytlarda Quyoshning ogʻishlari mos ravishda — 23°27’ yoki +23°27’ boʻladi. Quyosh turishi paytlariga yaqin kunlarda Quyosh ekva-torga deyarli parallel koʻrinma harakatlanadi, natijada Quyoshning tush pay-tidagi balandligi deyarli oʻzgarmaydi. Tropik yil (365,2422 kun) bilan kalen-dar yil (365 yoki 366 kun) teng boʻlmaganligi sababli Quyosh turishi kalendar sutkaning boshlanishiga nisbatan turli vaqtlarga mos keladi, oddiy yillarda 5 soat 48 min. 46 sek. kechroq yoki kabisa yilida 18 soat 11 min. 14 sek. oldinroq kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda yozgi Quyosh turishi nuq-tasidan kalendar yilning 21 yoki 22 iyunida (astronomik yoz boshlanadi), qishki Quyosh turishi nuqtasidan 21 yoki 22 dekab-rda (astronomik qish boshlanadi) oʻtadi. Shim. yarim sharda yozgi Quyosh turishi nuqtasida boʻlganida, kunduzning davomiyligi eng uzoq, qishki Quyosh turishi nuqtasida boʻlganida eng kalta, jan. yarim sharda esa shu kunlari aksincha boʻladi.