Al-Qosim ibn Hasan ibn Ali.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Qasim ibn Hasan ibn Ali
القاسم ابن الحسن

Arabic text with the name of Qasim ibn Hasan
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi Sha'ban 7, 47 AH / October 4, 667 CE
Vafoti Muharram 10, 61 AH / October 7, 680 CE (aged 13)
Imam Hussain Mosque
Ota-onasi

Al-Qosim ibn al-Hasan ( arabcha: القاسم بن الحسن) (7 Sha'bon, 47 hijriy / 4 oktyabr 667 Madinada – Muharram 10, 61 hijriy / 10 oktyabr 680 Karbaloda) Hasan ibn Alining o'g'li hissoblanadi. U amakisi Husayn ibn Alini Karbalo jangida Umaviylar qo‘shinlariga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlagan va u yerda 13 yoshida[1][2] vafot etgan deya manbalarda kelgan[3].

Hayotning boshlang'ich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qosim ikkinchi imom Hasan ibn Ali va uning rafiqasi Ummu Farvoning o‘g‘li bo‘lgan. Uning otasi Ali ibn Abu Tolib va Fotimaning katta o'g'li edi. Shunday qilib, Qosim Fotimaning otasi bo'lgan Muhammad s a v payg'ambarning nevaralari bo'lgan bo'lgan.

Hasan ibn Alining vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qosimning volidasi(otasi) Hasan ibn Ali hijriy 50-yil rabiul-avval oyining 5-kunida (milodiy 670-yil 2-aprel) Muoviya I tomonidan vaxshiylarcha zaharlanib vafot etgan[4].

Otasi vafot etganida Qosim endigina uch yoshga to'lgan edi. Biroq, u otasining oilasida o'sgan. Amakivachchalari Avn va Muhammad, xolasi Zaynab binti Alining o'g'illari singari, Qosim ham amakisi Abbos ibn Ali va amakivachchasi Ali al-Akbar ibn Husayn tomonidan qilichbozlikni o'rgangan[5]. 680 yilda Hasanning ukasi Husayn ibn Ali Madinani tark etishga hozirlik ko‘rganida, Qosimning onasi Ummu Farva Husayndan o‘zini va yosh Qosimni o‘zi bilan olib ketishni so‘ragan[2].

Karbalo jangi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ummaviylar hukmdori Muoviya I vafotidan oldin o‘z o‘g‘li Yazid Ini o‘ziga valiahd qilib tayinladi[6]. Yazid Husayn ibn Alining bay'atiga erishib, diniy hokimiyatni qo'lga olmoqchi bo'lgan, lekin Husayn o'z tamoyillaridan voz kechmadi[7]. Kufa ahli Husaynga maktub yo‘llab, undan yordam so‘rab, unga bay’at so‘ragach, Husayn va uning oila a’zolari (jumladan, Qosim) va uning hamrohlari Makkadan Iroqdagi Kufaga yo‘l oldilar, ammo Karbalo tekisliklarida qarorgoh qurishga majbur bo‘ldilar. Yazidning 30 000 kishilik qo'shini[8]. Husayn va uning oilasi va sahobalarining aksariyati, jumladan Qosim ibn Hasan Karbalo jangida 680-yil 10-oktabrda (hijriy 61-yilning 10-muharramida) Yazid tomonidan oʻldirilgan, soʻngra boshlari kesilgan, ayollar va bolalar asirga olingan[9].

Jang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qosim amakisidan: “Men ham shahidlar qatorida bo‘lamanmi?” deb so‘ragan. Husayn ibn Ali: "O'limni qanday ko'rasan?" Qosim deb so'radi: “Ey amaki, o‘lim menga asaldan shirinroq” dedi[10].

Ashuro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ashuro kuni Qosim ham o‘zidan oldingi amakivachchalari singari amakisining oldiga borib,jangda qatnashish uchun ruxsat so‘radi. Husayn unga jang qilishiga ruxsat bermadi, chunki u juda yosh edi va Husayn unga biror narsa bo'lishini o'ylay olmasdi. Qosim onasining oldiga borishdan oldin ko‘p marta ruxsat so‘radi. O‘g‘lining xafa bo‘lganini ko‘rgan onasi Qosimning otasi o‘limidan oldin Qosimga yozgan xatni uning qo'liga berdi. Maktubda shunday deya yozilgan edi:

Qosim xatni o‘qib, amakisiga berdi. Xatni o‘qib bo‘lgach, Husayn shunday deya javob bergan:

U jang maydoniga borib, ko'plab jangchilarni o'ldiradi. Orqasidan bir kishi kelib Qosimning boshiga urdi. U yerga yiqildi va undan qattiq qon ketdi[5]. U amakisini chaqirdi. Husayn bilan Abbos yugurib kelishdi. Yazid qo'shini ularga hujum qilish uchun keladi, deb qo'rqib, sarosimaga tushadi. Otlar u yoqdan bu tarafga yugurib, Qosimni oyoq osti qilib, o‘ldira boshladi[11].Husayn va Abbos uni chaqirishdi, lekin ulardan hech qanday javob kelmadi. Uning jasadini topishganda, Husayn qalqonini echib, Abbos bilan birga uning qoldiqlarini yig'ishdi[12].

Dafn[tahrir | manbasini tahrirlash]

680-yilning 10-oktabrida (61-hijriy yilning 10-muharram) Ashuro kuni Qosim ibn Hasan Furot daryosi yaqinida o'ldirilgan, Husayn va uning izdoshlariga u daryodan suv olishlari taqiqlangan edi. Husaynning barcha 72 sahobasi, jumladan Qosim ibn Hasan ommaviy qabrga dafn qilingan. Ommaviy qabr Husayn qabri etagida joylashgan[13].

Ta'sir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Husaynning azob-uqubatlari va o‘limi Islom olamida, xususan, Shia nuqtai nazarida haq nohaqlikka qarshi, adolat va haqiqat uchun nohaqlik va yolg‘onga qarshi kurashda fidoyilik timsoliga aylanibgina qolmay, balki uning tutgan yo'li ham bo‘lajak qo‘zg‘olonlarga ruhlantiruvchi qarshilik timsoliga aylangan. Zolimlarga va adolatsizlikka qarshi kutashishga yordam bergan. Tarix davomida Nelson Mandela va Mahatma Gandi[14], kabi ko'plab taniqli shaxslar Husaynning zulmga qarshi pozitsiyasini adolatsizlikka qarshi kurashlari uchun namuna sifatida keltirishgan. Husayn va uning hamrohlarining Karbaloda o'limi shialar va sunniylar nazarida zolim hukmdorlar tomonidan islomning buzuqligining oldini olish va uning mafkurasini himoya qilish uchun qilingan qurbonliklar hissoblanadi[15][16].

yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mahmoud M. Ayoub. Redemptive Suffering in Islam: A Study of the Devotional Aspects of Ashura in Twelver Shi'ism. Walter de Gruyter, 1 January 1978 — 117 bet. ISBN 978-3-11-080331-0. 
  2. 2,0 2,1 „Archived copy“. 2014-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-dekabr.
  3. Ibn El-Neil. The Truth About Islam. Strategic Book Publishing, 1 November 2008 — 208 bet. ISBN 978-1-60693-259-9. 
  4. Madelung, Wilferd. The Succession to Muhammad: A Study of the Early Caliphate. Cambridge University Press, 1997. ISBN 978-0-521-64696-3. 
  5. 5,0 5,1 Abbas, Zaynab. „Hazrat Qasim (as) – coolness of Imam Hassan (as)'s heart“. Jafariyanews (2004-yil 23-sentyabr). 2015-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-noyabr.
  6. Lewis, Bernard. The Arabs in History. Oxford University Press; 6th edition (May 23, 2002), May 23, 2002 — 67 bet. ISBN 978-0192803108. 
  7. Madelung, Wilferd. "HOSAYN B. ALI". Iranica. Archived from the original on 30 September 2012. https://web.archive.org/web/20120930053613/http://www.iranicaonline.org/articles/hosayn-b-ali-i. Qaraldi: 12 January 2008. 
  8. Wellhausen, Julius. Die religiös-politischen Oppositionsparteien im alten Islam (de). Berlin: Weidmannsche Buchhandlung, 1901. OCLC 453206240. 
  9. Gordon, Matthew S.. The Rise of Islam. Greenwood; Annotated edition (May 30, 2005), May 30, 2005 — 144–146 bet. ISBN 978-0313325229. 
  10. Bashir A. Datoo. Perspectives on Islamic Faith and History: A Collection of Analytical Essays. TTQ, INC., 2006 — 89 bet. ISBN 978-1-879402-17-1. [sayt ishlamaydi]
  11. „The Night of al-Qasim ibn Hassan hold in Stockholm, Sweden / Photos“. Ahlul Bayt News Agency (press release) (2015-yil 17-oktyabr).
  12. Seyed Ibn Tawus. Lohoof Sighs of Sorrow. Createspace Independent Pub, 4 January 2014 — 68–69 bet. ISBN 978-1494883652. 
  13. F. Biondo, D. Hecht, Vincent, Richard. Religion and Everyday Life and Culture, vol3. Praeger (March 25, 2010), 25 March 2010 — 639 bet. ISBN 978-0313342783. 
  14. Rizvi, Dr. S. Manzoor. Unique Sacrifice of Imam Hussain for Humanity, October 14, 2014 — 372 bet. ISBN 978-1312483323. 
  15. Nakash, Yitzhak (1993). "An Attempt To Trace the Origin of the Rituals of 'Āshūrā¸". Die Welt des Islams 33 (2): 161–181. doi:10.1163/157006093X00063. 
  16. Brunner, Rainer (2013). "Karbala". in Bowering, Gerhard; Crone, Patricia; Mirza, Mahan et al.. The Princeton Encyclopedia of Islamic Political Thought. New Jersey: Princeton University Press. p. 293. ISBN 9780691134840. https://books.google.com/books?id=q1I0pcrFFSUC&pg=PA293.