Ahmad al-Abivardiy
Ahmad ibn Muhammadibn Abdurrahmon ibn Said al-Abivardiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy yil (hijriy yil) |
Vafoti | milodiy yil (hijriy yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Ahmad ibn Muhammadibn Abdurrahmon ibn Said al-Abivardiy (Abul Abbos) milodiy taxminan 970-yil (hijriy 359-yil)da tugʻilib, 1034-yil (hijriy 425-yil jumaduloxir oyi)da vafot etgan. Shofiʼiy faqihlardan biri, shirinso‘z va ilmda sobitqadam inson bo‘lgan. Go‘zal sheʼrlar aytgan. Bag‘dodda istiqomat qilgan va u yerda qozilikni boshqargan. So‘ngra uzlatga berilib, o‘zining ijodi bilan shug‘ullangan. „Ar-Rabiʼ“ mahallasida o‘qigan va „al-Mansur“ jome masjidida fatvolar bilan shug‘ullanadigan to‘garagi bo‘lgan. Xuroson o‘lkasida hadis eshitgan. Biroq uning qozi Ali ibn al-Qosimdan Hamadon va Rayda yozib olganlarini aytmaganda, boshqa eshitgan hadislaridan deyarli birortasi ham tasarrufida saqlanib qolmagan. O‘z vaqtida ro‘za tutgan, iftorlik uchun eng ko‘p isteʼmol qiladigan neʼmati, asosan, non va tuzdan iborat bo‘lgan. Faqir bo‘lgan, lekin odamlarga ko‘p muruvvat ko‘rsatgan. Vafotining ertasi kuni „Bobuharb“, yaʼni „Urush darvozasi“ deb ataladigan qabristonga dafn etilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 70-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |