Agronomik rudalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agronomik rudalar, agrorudalar — mineral oʻgʻitlar sifatida ish-latiladigan yoki ularni olishda xom-ashyo hisoblanadigan minerallar va togʻ jin-slari. Ularning asosiy turlari: apa-tit, fosforit, kaliy tuzlari, selitralar. Bundan tashqari ohaktosh, dolomit, torf, toshkoʻmir, mergel, gipelar va kam miqdorda mikroelementlar ham oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Tabiiy selitra konlari (Chili selitrasi) kam uchraydi. Oʻzbekistonda Qashqadaryo viloyatida ka-liy tuzlari konlari negizida Toʻbagatang kaliy oʻgʻitlari zavodi, Qoraqalpogʻistonda va Navoiy viloyatida topilgan fosforit konlaridan olinadigan xom ashyo asosida Qizilqum fosforit kombinati qurilmoqda (2000).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil