Qizilqum fosforit majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qizilqum fosforit majmuasi — fosforit konsentratlari ishlab chiqaradigan zamonaviy yirik konboyitish korxonasi. Boyitilmagan fosforit uni, kuydirilgan fosforit konsentrati va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaradi. Majmuaga Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 1997-yilda Markaziy Qizilqumdagi JeroySardara fosforit koni (mineral zaxirasi 223,9 mln. t, 100% li R205miqdori 45,5 mln. t) negizida Qizilqum fosforit majmuasini barpo etish toʻgʻrisidagi qaroriga koʻra asos solindi, korxona qurilishi va fosforit konini oʻzlashtirish NKMKga topshirildi. Shu yilning oʻzida majmuaning 1navbatini qurish va Toshkura konida fosforit rudalari qazib olish boshlandi.

1998-yil aprelda majmuaning yillik loyiha quvvati 300 ming t 16— 18% R205(boyitilmagan fosforit uni) boʻlgan 1navbati mahsulot ishlab chiqara boshladi. 2 yildan kamroq muddatda majmua 1 navbatining 1bosqichi qurilishi tugallandi. Natijada respublika korxonalarida oddiy ammoniylashgan superfosfat va ammofos ishlab chiqarish uchun chetdan fosorit xom ashyosini sotib olish toʻxtatildi.

Majmuada 1998—2001-yillarda "quruq" va "hoʻllangan" usullarda fosforitni boyitishning kombinatsiyalashgan texnologiyasi ishlab chiqildi, tarkibida 26—28% R205boʻlgan kuydirilgan fosforit konsentratini ishlab chiqarish, oʻzlashtirildi. NKMK mutaxassislari va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi olimlari bilan hamkorliqda tarkibida fosfori kam boʻlgan fosforitlardan fosforli kompleks va organikmineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish dala sharoitlarida agrokimyoviy sinovdan oʻtkazish texnologiyasini yaratish, ularni sanoat miqyosida joriy etishgacha boʻlgan ishlar amalga oshirildi. 2002—2003-yillarda tarkibida 12— 15% R205boʻlgan kambagʻal fosforitlardan organikmineral oʻgʻitlar (superfosfat va azosuperfosfat) ishlab chiqarish ning soddalashtirilgan texnologiyasi yaratildi va respublika kimyo sanoati korxonalarida joriy etildi ("Navoiy elektrokimyo zavodi" aksiyadorlik jamiyati, Samarqand kimyo zavodi va boshqalar).

2004-yil noyabrda Respublika hukumatining maxsus qaroriga koʻra, 2004—06 yillarda Qizilqum fosforit majmuasim.ning 1navbatini kengaytirish va rekonstruksiya qilish loyihasining 2bosqichini amalga oshirish va yuvilgan kuydirilgan (28% R205) hamda yuvilgan quritilgan (20% gacha R205) konsentratlari ishlab chiqarish ga oʻtish, majmuaning yillik quvvatini 800 ming t fosforit mahsulotiga yetkazish ishlari boshlandi...

2018-yil 14-dekabrda Olmaliq konmetallurgiya kombinati (OKMK) tarkibida boʻlgan. 2022-yil 4-martdan OʻzKimyoSanoat AJ tasarrufiga oʻtgan. Amaldagi rahbari(29.06.2022): Samadov Farrux Xamzayevich.