Siyovush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Siyovush (Avestoda Siyovarshan, Siyovaxsh — "qora ot") — "Shohnoma" eposi qahramonlaridan biri. Kayoniylaraan. Oʻrta Osiyo xalqlarining mifologik tasavvurlariga koʻra, Quyoshga teng qilinib, umri soʻnayotgan va qayta tirilayotgan maʼbud ramzi. Beruniyga koʻra, Xorazmda hukm surgan afrigʻiylar shajarasi Sdan boshlangan. Xorazmda mil. 17-asrlarda zarb etilgan tangalardagi chavandoz surati ayrim tadqiqotchilar (SP.Tolstov va boshqalar) tomonidan S.ning tasviri deb qabul qilingan. "Shohnoma"ga koʻra, S Kaykovusniig oʻgʻli boʻlib, uni bahodir Rustam tarbiya qilgan. Oʻgay onasi Sudoba S.ga shahvoniy mehr qoʻygan, biroq undan rad javobini olgach, S.ni oʻzining nomusiga tajovuz qilganlikda ayblagan. Biroq S. gulxan sinovidan oʻtib oʻzini pok, aybsizligini isbot qilgan. Shundan soʻng S. Turon podshosi Frangrasan (Afrosiyob) xuzuriga borgan. Afrosiyob dastlab uni yaxshi qabul qilib, qizi Farangisni bergan, soʻngra makkorlik bilan uni oʻldirgan. S.ning qasoskori sifatida oʻgʻli Kayxusrav Turonga otlangan. S Oʻrta Osiyo xalqlari orasida katta shuhrat qozongan. U haqida qissalar, qoʻshiqlar (Buxoroda S.ga bagʻishlangan turkum qoʻshiqlar Kini S — "S uchun qasos" yoxud "Mugʻlar yigʻisi" deb atalgan), xalq afsonalari toʻqilgan. Nishopuriyning yozishicha, oʻldirilgan S. jasadi Buxoroning sharqiy darvozasi (Goʻriyon) oldiga koʻmilgan. Har yili Yangi yil kuni quyosh chiqquniga qadar har bir erkak S.ga atab xoʻroz soʻyishi lozim boʻlgan. Ajdarho daraxtining mumi "S. qoni" deb ataladi.

Edvard Rtveladze.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil