Ad-Darazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ad-Darazi
محمد بن اسماعيل نشتاكين الدرازي
Tavalludi
Muhammad bin Ismoil Nashtakin ad-Darazi

X asr
Vafoti 1018-yil
Kasbi voiz

Muhammad bin Ismail Nashtakin ad-Darazi (arabcha: محمد بن اسماعيل نشتاكين الدرازي) 11-asrda ismoiliylik voizi va darziylar dinining ilk yetakchisi boʻlgan, u 1016-yilda bidʼatchi deb atalgan va keyinchalik 1018-yilda Fotimiylar xalifasi Al-Hakim bi-Amr Alloh tomonidan qatl etilgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ad-Daraziyning ilk hayoti haqida kam maʼlumot mavjud. Manbalarda u Buxoroda tugʻilgan deyilgan. Uning kelib chiqishi fors boʻlgan deb ishoniladi va uning unvoni ad-Darazi forscha boʻlib, „tikuvchi“ degan ma'noni anglatadi[1]. U Qohiraga 1015-yil yoki 1017-yilda kelgan, shundan soʻng yangi paydo boʻlgan darziylar harakatiga qoʻshilgan[2].

Ad-Daraziy Birlik eʼtiqodining dastlabki targʻibotchilaridan biri boʻldi (bu darziylar dini sifatida tanildi). Oʻsha paytda harakat juda koʻp sonli tarafdorlarni oʻz ichiga olgan[3]. Biroq, keyinchalik u dindan qaytgan[4] va odatda darziylar tomonidan shaytonning xislatlariga, xususan, takabburlikka amal qilgan holda tasvirlangan[5].

Bu qarash, uning izdoshlari soni ortib borishi bilan, u oʻzining yetakchiligiga koʻp eʼtibor berib, oʻziga „Iymon qilichi“ unvonini berganiga asoslanadi. Hamza ibn Ali ibn Ahmad „Hikmatlar maktublari“da „Iymonga qilich kerak emas“, deb Ad-Daroziyni ogohlantiradi. Biroq Ad-Daroziy Hamzaning ogohlantirishlariga e’tibor bermay, Hamzaga qarshi chiqishda davom etdi. Bu munosabat Ad-Daroziy bilan Hamza ibn-Ali ibn Ahmad oʻrtasida tortishuvlarga sabab boʻldi va qolganlar tomonidan bu harakatlar hushlanmadi[4]. Ad-Darazi u Hamza ibn Alidan koʻra ergashuvchilarning rahnamosi boʻlishi kerakligini taʼkidladi va oʻziga „Hidoyatchilarning Rabbi“ unvonini berdi, chunki xalifa al-Hakim Hamzani „Rizolilar yoʻlboshchisi“ deb atagan.

1018-yilga kelib, Ad-Daroziy oʻz atrofiga partizanlarni – „doraziylar“ni toʻpladi, ular umuminsoniy aql Odam Atoda dunyoning boshida mujassam boʻlgan, soʻngra undan paygʻambarlarga, soʻngra Aliga, demak, uning avlodlariga oʻtgan, deb hisoblaydilar[5]. Ad-Daroziy bu taʼlimotni bayon etgan kitob yozgan. U Qohiradagi asosiy masjidda oʻz kitobidan oʻqib berdi. Bu esa uning daʼvolariga qarshi tartibsizliklar va noroziliklarga sabab boʻlgan. Natijada koʻplab izdoshlari oʻldirilgan. Hamza ibn Ali uning mafkurasini rad etib, uni „magʻrur shayton“ deb atadi[5]. Ad-Daroziy yaratgan ziddiyat xalifa al-Hakimni milodiy 1018-yilda darziylarning daʼvolarini kuch bilan toʻxtatishiga sabab boʻldi[4].

Al-Hakimni qoʻllab-quvvatlashga urinib, ad-Daraziy al-Hakim va uning ajdodlari Xudoning timsoli ekanligi haqida vaʼz qila boshladi[3].

Ad-Daraziy oʻz tariqatida sharob ichishga ruxsat bergan[5], nikohni taqiqlagan va metempsikozni oʻrgatgan, ammo uning xatti-harakatlari zamonaviy va keyingi tarixchilar va polemiklar tomonidan boʻrttirilgan boʻlishi mumkinligi taʼkidlangan.

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatan kamtarin odam boʻlgan al-Hakim oʻzining Xudo ekanligiga ishonmasdi va Ad-Daroziy oʻzini yangi paygʻambar sifatida koʻrsatishga urinayotganini his qilardi[3]. Al-Hakim Ad-Daroziydan koʻra Hamza ibn Ali ibn Ahmadni afzal koʻrdi va Ad-Daroziy 1018-yilda qatl etildi va Hamza yangi eʼtiqodning yagona yetakchisi boʻlib qoldi[3].

Oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garchi darziylar ad-Daraziyni oʻz eʼtiqodlarining asoschisi deb hisoblamasalar ham (aksincha, uni „birinchi bidʼatchi“ deb atashadi[6]), raqib musulmon guruhlari ataylab ziddiyatli daʼvatchining ismini yangi mazhabga qoʻshib qoʻydilar va oʻshandan beri uning ismi bogʻlanib qoldi[3]. Darziylar oʻzlarini „unitarlar“ (al-Muvahhidun) deb atashadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Historical Dictionary of the Ismailis. Scarecrow Press, 30 Dec 2011 — 40 bet. ISBN 9780810879706. 
  2. The A to Z of the Druzes, annotated, Scarecrow Press, 27 Jul 2009 — xxxii bet. ISBN 9780810870024. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 The Olive and the Tree: The Secret Strength of the Druze, By Dr Ruth Westheimer and Gil Sedan
  4. 4,0 4,1 4,2 About the Faith of the Mo’wa’he’doon Druze by Moustafa F. Moukarim (Wayback Machine saytida April 26, 2012, sanasida arxivlangan)
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 E.J. Brill's first encyclopaedia of Islam 1913-1936 By M. Th. Houtsma, E. van Donzel
  6. Swayd, Samy (1998), „Introduction“, in Swayd, Sami (muh.), The Druzes : an annotated bibliography, Kirkland WA: ISES Publications, ISBN 0-9662932-0-7