Daʼvo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Daʼvo (huquqda) — buzilgan huquqi yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan man-faatlarini himoya qilish uchun hakamlar sudiga, arbitrajga yoki sudga qilinadigan murojaat. D. 3 elementdan — asos, mavzu va mazmundan iborat. Daʼvogarning talabi D. mavzuidir. D. bilan jarayon boshlanadi, taraflar (daʼvogar, javobgar) sud oldida oʻzlarining talab va eʼtirozlarini bayon qiladilar. D. arizasi sud yoki arbitrajga yozma tarzda beriladi, unda ariza berilayotgan sud yoki arbitrajning , daʼvogar va javobgarning nomi, yashash joyi, agar daʼvogar yuridik shaxs (tashkilot) boʻlsa, joylashgan joyi, agar ariza vakil tomonidan berilsa, vakilning nomi va manzili, daʼvogar talabini asoslaydigan hamda tasdiqlaydigan dalillar, daʼvogarning talabi, arizaga ilova qilingan hujjatlarning roʻyxati koʻrsatilishi kerak.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil