Darziylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Darziylar (arabcha: الدروز ad-durūz, درزي darzī s. koʻpl) — shialikda vujudga kelgan firqa (diniy guruh). Asosan Livanda va Suriyada yashaydilar. Ularning karashlari ismoiliylar qarashlariga yaqin. Firqaning paydo boʻlishi 10—11-asrlarda fotimiylar sulolasidan boʻlgan xalifa Hakim nomi bilan bogʻliq. Hakim umrining oxirida oʻzini xudo deb eʼlon qilgan va oʻziga eʼtiqod qilishni talab etgan. U sirli ravishda oʻlgach, Livan va Antilivan togʻlarida yashovchi xalqlar unga xudo deb eʼtiqod qila boshlaganlar. D. nomi xalifa Hakimning targʻibotchilaridan boʻlgan Darziy (1019 y. v. e.) ismi bilan bogʻliq. D. aqidasiga koʻra, xudo odam qiyofasiga kirib, insonlar oʻrtasida paydo boʻlishi mumkin (shuning uchun ular Hakimning qaytishiga ishonadilar). D. Qurʼon mazmunini majoziy talqin qiladilar. Jonning koʻchib yurishi toʻgʻrisidagi tasavvur tufayli oʻlimga befarq qaraydilar, islom dini marosimlarini bajarishni shart deb hisoblamaydilar. Diniy bayramlardan faqat qurbon hayitini va shialarda motam marosimi hisoblangan ashuroni nishonlaydilar. D. sunniylar tomonidan taʼqib qilingani uchun shialarga xos boʻlgan taqiyya talablariga amal qiladilar. Barcha ismoiliylar kabi D. ham shariatni tan olmaydilar. D. ikki qismga; "omiy" ("bexabar") va "uqqol" ("bilimdonlar", "xabardorlar")ga boʻlinadilar. D.da masjidga borish, namoz oʻqish odati yoʻq. Ularning ibodatxonalari "xalvo" deb ataladi. Bu yerda payshanba kunlari faqat "uqqol"largina toʻplanadilar. Oʻrta asrlardan boshlab D. oʻzlarining merosiy mulklariga va hukmdor amirlar sulolasiga ega boʻlgan. Livanda Darziy amirlari hokimiyati, ayniqsa, Faxriddin II Maon (1590—1633) va Bashir II Shihob (1788/9 — 1840) davrlarida juda yuksalgan. D. Suriya xalqining 1925—27 y.larda fransuzlar hukmronligiga va 1958 y.da Isroilga qarshi chiqishlarida faol ishtirok etishgan. Hoz. vaktda D. Livan milliyvatanparvarlar kuchlari tarkibida jamiyatni qayta qurish uchun kurash olib bormoqda.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Lua error in Module:Asbox at line 244: attempt to call field '_navbar' (a nil value).