Abu Ahmad ibn Jahsh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Ahmad Abdulloh ibn Jahsh ibn Riyob al-Asadiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti taxminan milodiy 641-yil (hijriy 20-yil)
Dini Islom
Ota-onasi
  • (otasi)
  • Umayma bint Abdulmuttalib (onasi)
Tanilgan sohasi sahoba

Abu Ahmad ibn Jahsh (arabcha: أبو أحمد بن جحش — Abu Ahmad Abdulloh ibn Jahsh ibn Riyob al-Asadiy) — sahoba.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismi Abdulloh yoki Abd, Ubaydulloh uning ukasidir. Abu Ahmad kunyasi bilan mashhur bo‘lgan. Onasi — Rasulullohning xolalari Umayma bint Abdulmuttalib. Azvoji mutahharalardan Zaynab bint Jahshning ukasi. Abu Ahmad ibn Jahsh ukalari Abdulloh va Ubaydulloh bilan birga Payg‘ambar Dor al-Arqamda yashirinishlaridan avval musulmon bo‘lgan va ular Habashis­tonga hijrat qilganlar. Baʼzi manbalarda uning Habashiston hij­ratida qatnashmagani zikr qilingan. Ukasi Ubaydulloh u yerda nasroniylikni qabul qilganidan so‘ng, Rasululloh uning xotini Ummu Habiba bint Abu Sufyonga uylanib, uni o‘z himoya­lariga oladilar.

Madinaga to‘p bo‘lib hijrat qilgan Jahsh o‘g‘illarining Makkadagi uylari tamoman yopiladi. Abu Ahmad ibn Jahsh o‘z uyi Abu Sufyon tomonidan sotib olinganidan qattiq xafa bo‘lgan. Payg‘ambar Makka fathi kuni Ka’badagi murojaatlarini tamomlagach, Abu Ahmad ibn Jahsh Kaʼba ro‘parasida, tuya ustida turib uyi va boshqa masalalarda Makka mushriklari tomonidan qilingan haqsizliklar hisobini so‘raydi. Payg‘ambar Usmon ibn Affonning qulog‘iga baʼzi narsalarni aytadilar, u Abu Ahmad ibn Jahshning yoniga kelib, Payg‘ambarning gap­larini yetkazadi. Umayma bint Abdulmuttalib darhol tuyasidan tushib, boshqa musulmonlar yoniga o‘tiradi. U vafotiga qadar bu mavzuda boshqa biror kishiga gapirmagan. Payg‘ambarning mazkur ovozsiz tarbiyalarida uning uyi o‘rniga unga jannatdan bir uy berilishi aytilgani rivoyat qilinadi.

Abu Ahmad ibn Jahsh Foria bint Abu Sufyon bilan nikohlanadi. Keyinchalik ko‘r bo‘lib qolgan Abu Ahmad ibn Jahsh, Makkaning har bir qarichini yaxshi bilgani bois, shaharda yolg‘iz kezib yura olgan. Xalq orasida sevimli bo‘lganidan, atrofida shoirlar to‘planib, suhbat qurar edilar.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Ahmad ibn Jahshning o‘lim sanasi aniq emas. Baʼzi rivoyatlarda u opasi Zaynab bint Jahshdan avval vafot etgani aytilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, ukalaridan biri vafot etganida Zaynab atir keltirishlarini talab qiladi hamda Alloh va oxirat kuniga ishongan ayolga eridan boshqa kishi uchun uch kundan ortiq aza tutish halol emasligi sababli shunday qilganini aytadi[1]. Zaynab bint Jahshning ikki ukasi bo‘lib, ulardan Abdulloh Uhud jangida shahid bo‘lgani, Ubaydulloh Habashistonda nasroniy bo‘lib vafot etgani hamda ukasi Abu Ahmad ibn Jahsh 641-yil (hijriy 20-yil)da Zaynabdan avval vafot etgani taxmin qilinadi[2].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Hishom. As-Sӣra. II, 111-112;
  2. At-Tabariy. Jāmi’ al-bayān. IX, 92;
  3. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. VII, 61;
  4. Ibn Hajar. Al-Isāba. VIII, 407;
  5. Ibn Ishoq. As-Sӣra. 124;
  6. Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. II, 839-841;
  7. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt. IV, 102-103;
  8. Omiriy. Bahja al-mahāfil. — Madina: 1330. I, 162;
  9. Raşit Küçük. „Ebû Ahmed b. Cahş“. TDV İA.- İstanbul: 1994. X, 88.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Imom Muslim. Talāq — 58 bet. 
  2. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.